Bir bor ekan, bir yo'q ekan,gullar shahri Namanganda bir mehnatkash dehqon yashab o'tgan ekan.Dehqonning bir-biridan go'zal,mehnatkash,odobli qizlari bor ekan. Qizlar ota-onasiga qo'llaridan kelguncha dala ishlariga yordam berishar ekan. Kunlardan bir kuni qishloqda juda kuchli yomg'ir yog'ibti. Yomg'ir dehqon ekan poliz ekinlarini nobud qilibdi. Dehqon oilasi juda xafa bo'libtilar. Yomg'ir tinganidan keyin uch opa - singillar ota - onasiga aytmasdan qaytatdan dalaga chiqib ekinlarni ekmoqchi bo'ldilar. Qizlardan biri yerni ag'darishni boshladi,biri esa nobud bo'lgan ekinlarni terdi. Yerni ag'darayotgan qizning ketmoniga bir narsa urilib qoldi. U opalarini chaqirib ko'rsatdi. Hammalari birgalashib uni yerdan qazib oldilar. U bir eski singan ko'zacha ekan. Uni ichidan tilla tangalar chiqibdi. Ular avvaliga ishonishmadilar va ota-onasini oldiga olib bordilar. Katta qiz nima bo'lganini boshidan tushuntirib berdilar. Otasi ko'zachani ko'rib buni ichidagi tilla ekan dedi. Ular juda xursand bo'ldilar. Ota-onasi qizlarga bir hikmatli gapni aytib qo'ydilar: "Har bir ishning o'ziga yarasha xayri bor".Ular juda baxtli hayot kechirgan ekanlar.