Bir necha oydan so'ng.
O'zbekiston.
Nihoyat yosh oila o'z yurtiga qaytishdi.
Isf i raning yuragida hadik ota-onam kechirmasachi deya qo'rqayapti. Iskandar ham xavotirda maf i ozning tinchib ketganiga ishonmasada buyurtmachilarining buyrug'i bilan O'zbekistonga qaytishga qaror qilgandi.
Bugun Isf i ra ota-onasi bilan ko'rishadigan kun. Yuragida hadik. Ota uyiga yetguncha ham yomon o'y-f i krlari bilan Isknadarning quloq-miyyasini yeb bitirdi. Ammo uylariga yetib kelgach Isf i rani shu vaqtgacha o'ylab kelgan daxshatli hayollari bir zumda havoga uchdi. Sababi ota-onasi qizini ham kuyovini ham hech qanday izohlarisiz bag'rini keng ochgancha kutib olishgandi. Bundan Isf i raning yuragidagi kemtiklik to'ldi, chegarasi yo'q baxtni to'laligicha his qilgandek bo'ldi. Lekin hayratini ham yashira olmadi. Ancha so'rashib, sog'inchi bosilgandan so'ng ona qiz qaynota kuyovni yolg'iz qoldirib oshxonaga chiqib ketishganda onasi shunday degandi:
- Baxtli ekaning shundoqqina yuzingdan bilinib turibdi. Yuzingdan nur yog'ilyapti qizim, seni chindan quvonishingni ko'rish uchun dadang ikkalamiz har narsani o'ylab topardik... Ammo bu yigit seni qiyinchiliksiz shunday quvontira olayotgan ekan, seni baxtli qilayotgan ekan biz nega norozi bo'laylik.
To'g'ri boshida hafa bo'ldik, jaxlimiz chiqdi, arazladik, lekin qizim sening baxting biz uchun har narsadan muhim! Va bugun shunag amin bo'ldikki, sen o'zing uchun eng to'g'ri qarorni qilgansan!
Isf i ra ota-onasini diydoriga to'yish uchun bir necha kunga Iskandardan ruxsat so'radi.
Iskandar ham qizni tog'ri tushungan holda rozilik berdi. Yolg'iz uyga qaytgan Iskandarni o'z uyida mehmondek kutib olishdi.
- Bugun uyga qaytish niyating yo'qmi deb o'ylab turgandim.
Mehmonxonaga joylashtirilgan yumshoq o'rindiqlarning birida yastanib o'tirib olgan yoshi qirqlarga borib qolgan kimsa sigaretasini tutatgancha dedi.
- Uyimga mehmon kelishini bilganimda ertaroq kelardim - Iskandar eti jimirlamay bu uchrashuvni oldindan bilgandek javob qaytardi.
- Meni kimligimni sezding chamamda.
- Kimligingni bildim, lekin tashrif i ng boisini bila olmadim.
- Haaa... Mayda-chuydalar bilan nima ishing bor demoqchisanda - kimsa biroz o'ylanib gapirdiyu, mazah qilgandek kulib yubordi.
- Shaxsan tashrif buyuribsan, demak obro'yim sen aytganchalik mayda emas - Iskandar ham bo'sh kelmay jilmaydi - Muddaoga o'tsang, ishlarim bor edi.
- Senga bir taklif bilan kelgandim aslida...
Ho'sh, Iskandar... Meni boplab chuv tushirganinga ko'zimni yumaman, evaziga esa sen menga ishlaysan. Rad etsang... - kimsa bo'ynidan barmog'ini yurgizib ko'z qisib qo'ydi.
- Katta maf i ozning menga ishi tushishi qiziq bo'ldi? - Iskandar unga tushunarsiz nigoh tashladi.
- To'g'risi seni yoqtirib qoldim, bu ham bir omad sen uchun... Kel senga bir o'ta maxf i y sirni ochaman - kimsa Iskandarni o'ziga yaqinroq chorladi - meni atrof i mda sendek kimsalar bo'lmasa men hech kimman!
Umuman olganda katta yutuqlarga erishgan insonlarning ortida albatta kimdirlar turadi.
O'zimdan misol qilsam men bitta miyya, ikkita ko'z, ikkita qo'l, ikkita quloq, ikkita oyoq bilan nimaga ulguraman? Minglab dushmanlarimni ojiz tomonlarini topishgami, yoki oilamni himoya qilishgami? Albatta hech biriga, men bu bilan faqat o'zimni himoya qila olishim mumkin, ammo ular bilan - kimsa eshik yonida turgan ikkita qo'riqchisiga ishora qilib qo'ydi - ko'p narsalarni hal qila olaman. Xullas menga sodiqlar, albatta o'z nasibasini oladi, va lekin sotqinlarni ham "nasibasiz" qoldirmayman! Mana biroz men haqimda ham bilib olding. O'ylab olishinga vaqt yo'q, yoningda faqat ikki yo'l turibdi menga ishlaysan yoki keyingi safar jahannamda ko'rishamiz.
- Mening shaxsiy hayotimga burin suqmaysan - Iskandar roziligini bildirdi.
- Bu tomondan hotiring jam bo'lsin. Men madaniyatli insonlardanman.
- Men yolg'iz ishlashga o'rganganman, va ishim qanaqaligini yaxshi bilasan. Menga faqat o'zimga xos bo'lgan topshiriqlarni berasan.
- Aynan shu uchun ham menga keraksan.
- Istagan vaqtim ta'til olaman.
- Yiliga faqat ikki marta, uzog'i bir oygacha.
- Kelishdik.
- Fotih To'rayev - kimsa o'rnidan turish barobarida o'zini tanishtirgan bo'lib Iskandarga qo'l uzatdi.
- Iskandar Mahmudov.
- Bir haftadan so'ng ish boshlaysan... Ha aytgancha buyurtmachilaringni o'zing hal qilasanmi yoki...
- O'zim.
- Yordam kerak bo'lsa bemalol. Iskandar Fotihni uydan chiqib ketishini kuzatib turar ekan hayollari ming eshikka kirib chiqardi. U sira xohlamasdi qandaydir Maf i aga aralashib qolishni, lekin endi bundan boshqa chorasi ham yo'q. Ulardan har narsani kutish mumkin. Ammo boshqa tomondan qaralsa u hadiksirayotgan havf o'z-o'zidan yo'qoldi. Endi O'zbekistonda bemalol yura oladi. Yana bir lekin taraf i ham bor, bularni barini Isf i raga qanday tushuntiradi? Eng katta muammo ham aynan shu bo'lib qoldi endi.
- Hayotim men keldim.
Bir necha kundan so'ng to'lib-toshib kelgan Isf i ra eshikni o'z kalitlari bilan ochib uyga kirib keldi. Bu paytda Iskandar bekorchilikdan televizor yonida hozirgi zamonaviy o'yin hisoblangan playstation o'ynab o'tirardi. Uyning ahvoliga qarab bo'lmasdi, har yerda chips, bodiroqlarning qoldiqlari va qadoqlari, yarim litrlik bakalashkalar, yerga sochilgan chipslar, yuvuqsiz idish-tovoqlar... Bularni ko'rgan Isf i raning naqt tepa sochi tikka bo'layozdi.
Qo'lidagi paketlarni zarb bilan yerga tashlab eriga shu qadar o'qrayib qaradiki, bundan Iskandar og'ir yutibib qo'ydi.
- Isf i ...
- Nima bu ahvol? - endi og'iz juftlagan Iskandarning ovozini Isf i raning baland ovozi yutib yubordi.
- Yigitchilikda xotinjon... Uyda sen yo'q, nima qilishimni bilma...
- Men kiyimlarimni alamshtirib chiqquncha -Isf i ra yana yigitning gapini bo'lib qo'ydi - bu yerda ortiqcha narsa qolmasin!
- Sal sekinroq kiyin unda.
- O'zim bilaman.
Isf i ra kiyimlarini o'zgartirib yotoqxonadan chiqganida ancha o'zini tinchlantirib olgan edi. Bu orada Iskandar faqat yerda sochilib yotgan bo'sh qadoq qog'ozlarnigina yig'ishtirishga ulgurgandi.
- Juda tezsanda xotinjon.
- Ko'p gapirmay ishingizni davom eting.
- Yordamlashvorarsan.
- Umid ham qilmang, men mehribon raf i qaman, bugun ham erimni qorni och qolmasligi uchun ovqat pishiraman.
- Buyurtma qilamiz.
- Uch kun buyurtma qilib yeb yotganingiz yetadi. Qani erjon tezroq qimirlang.
- Umuman olganda bu sening vazifang.
— Meni erim shunaqangi vijdonli va mehribonki, — Isfira beliga fartuk bog'lagancha Iskandarga yaqinlashdi, — hozir hash-pash deguncha hamma joyni top-tozalab qo'yadi, to'g'rimi? — qo'llarini yigitning bo'ynidan o'tkazib, yuzidan o'pib qo'ydi.
— Mukofotlansak, tog'ri, — Iskandar ham ayyorona jilmayib, qizni belidan quchdi.
- Siz avval ishingizni tugatingchi... Isf i ra kulib yigitdan uzoqlashdiyu, olib kelgan bozorliklarini joylashtirishga tushdi. Iskandar ham ortiq bahona qidirmay ishini davom ettirdi. Er-xotin o'z ishlarini tugatguncha kun ham kech bo'lib qoldi. Ikkisi maroqli suhbat bilan kechgi ovqatni ham qilib bo'lishgach Iskandar "mukofotini" eslatib Isf i rani rad qilishiga qaramay ko'targancha yotoqxonaga olib kirib ketdi.
- To'x... - Isf i ra oyoqlari yerga tekkach endi gapirmoqchi edi hamki labiga bosilgan lablar bunga izn bermadi.
- To'xtang - nafas rostlash uchun to'xtalganda Isf i ra takror pichirladi - sizga aytadigan gapim bor edi...
- Keyin!
- Men homiladorman!
Ikki ovoz xona bo'ylab teng yangradi.
Isf i raning yuzlaridan takror ushlagan qo'llar bo'shashdi, takror yaqinlashayotgan lablar to'xtadi. Iskandar bir necha daqiqa shu holatda turib qoldi. Hozir unda qanday o'zgarishlar yuz berayotganini o'zi ham sezmayotgan edi.
- Nima? Yana qaytar.
- Siz... Yaqinda... Ota bo'lasiz! - Isf i ra so'zlarni dona-dona qilib aytdi.
- Men yaqinda ota bo'laman?!
- Ha - Isf i ra quvonchdan kulgancha o'zini Iskandarning quchog'iga otdi. Iskandar muvozanatni ushlab qolishga zo'rg'a ulgurdi -Biz yaqinda ota-ona bo'lamiz eshitayapsizmi?!
Bizni mitigina farzandimiz bo'ladi.
- Men yaqinda ota bo'laman! - yana takrorladi Iskandar - Men yaqinda ota bo'laman! - bu safar ovozi balandroq jarangladi - Biz ota-ona bo'lamiz! - Iskandar quvonchdan kulgancha Isf i rani maxkamroq bag'riga bosib joyida aylana boshladi - Allohim o'zinga shukur...
Barcha ne'mating uchun shukur, barcha-barchasi uchun... Isf i ram rahmat senga. Meni qo'llarimdan tutganing uchun rahmat... Baxtni his qildirganing uchun rahmat...
- Sizga ham rahmat, barchasi uchun... Sizni sevaman hayotim, butun vujudim bilan!
- Men ham...men ham seni sevaman!
Bolajonim seni ham yaxshi ko'raman -Iskandar qizdan uzoqlashib yerga tizzalagancha qizni qornidan o'pib qo'ydi -Bolajonimizni ahvoli qanday? Ertaga shifokorga borarmiz?!
- Biz juda yaxshimiz - Isf i ra jilmaygancha javob qaytardi - Bugun buvijonimiz bilan shifokor huzuriga bordik o'zi. Ikkimizning ham ahvolimiz juda yaxshi. Hech qanday havf-xatar yo'q.
- Anniqmi? Bolani senga zarari yo'qmi? -Iskandarning shu on Isf i raning kasalligi yodiga tushib dili hira bo'la boshladi.
- Hozircha yo'q, umuman olganda farzand menga ijobiy ta'sir qilipti, lekin barbir o'zimni ehtiyot qilishim kerak ekan. - Yaxshi, sen uchun nima qilib bera olaman?
Balki senga yordamchi olarmiz... Nimadir yeging kelayaptimi?... Sayohatga chiqamizmi?... Toza havo kerakmi?... Tog' yonbag'irlariga ketarmiz-a?
- Sekinroq azizim... Birinchidan menga hech qanday yordamchi kerak emas! Ikkinchidan bu fi krni hayolingizdan umuman chiqarib tashlang, shukur uy-ro'zg'or ishlarini o'zim qila olaman. Hozircha hech narsa yegim yo'q.
Allaqachon sayohat qilib kelganmiz. Ammo shu issiqda tog' yonbag'irlariga yo'q demasdim. - Narsalaring tayyorla unda ertagayoq tog'ga jo'naymiz.
- Rostan?! Necha kunga?
- Rostan! To'rt kunga bo'ladimi? - Iskandar ishini eslab dedi - Istasang undan ham ko'proq qolishimiz mumkin.
- Yo'q, to'rt kun yetadi. Men narsalarni tayyorlay unda.
- Isf i r... Yana bir gap - Iskandar Fotih haqida qizga aytishga qaror qildi - Senga aytgan havf l i odam bor ediku...
- Maf i ozmi?
- Ha o'sha... Menga ish taklif qildi. Sen havotir olma, bu ham xuddi avvalgi ishimdek gap, hech qanday nojo'ya xarkakat qilmayman.
Buyurtmani olaman va bajaraman.
- Bu ishni tashlashingizni istardim-u, lekin iloji yo'qligini anglab turibman. Siz sog' bo'lsangiz bo'ldi - Isf i ra jilmayib Iskandarni quchdi.
- Hammasi yaxshi bo'ladi, sizlar uchun ham o'zimni asrayman! - Iskandar Isf i raning peshonasidan o'pib qo'ydi.
Ikki yosh kelishganidek ertasi kuni toqqa chiqib ketishdi...
Oradan kunlar, oylar, yillar o'tdi. Isf i ra va Iskandar hikoyasi hamon baxtli bitiklar ila davom etardi. Ikki xil olam vakillar, ikki xil olamini o'zida saqlagan holda yashashni davom etishardi. Eng boshida aytganimdek: Hayot huddi pianinaga o'xshaydi, uning klavishlari kabi hayotning ham oq-u qoralari mavjud! Undan taraladigan musiqa kabi, hayotning ham o'z simfoniyasi bor!
Pianinaning oq qora klavishlari bir-biriga aralashib ketmagandek qizning oq va yigitning qora olamlari ham aralashib ketmagandi. Ular o'z o'rinlarini bilgan holda hayotning simfoniyasiga munosib tarzda raqs tushishni uddalashgan oshiqlar edi!TAMOM.
E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Muallif: #Zaxara
Men bilan birga hikoya uchun ketkazgan vaqtingizga rozi bo'ling qarlilar.