Areum - tashqi dunyo uchun oddiy, kambag'al kollej talabasi, xolos. Ammo aslida u qonga belangan sulolaning vorisi. O'n to'rt yoshida ota-onasi, ko'z o'ngida shafqatsizlarcha o'ldirilganiga guvoh bo'lgan, oilasidan ayrilgan va keyinchalik sovuqqon qotil qilib tarbiyalangan mafiya malikasi.
Kang-in - badavlat, beparvo va hech kimga bo'ysunmaydigan yigit. U Areumga nafrat va mensimaslik bilan qaraydi, uni kambag'alligi uchun masxara qilardi... ammo taqdir uni kim bilan to'qnash keltirganini mutlaqo bilmaydi.
Ikki xil olam, ikki xil yurak - biri qonga botgan o'tmish bilan yashaydi, ikkinchisi esa mag'rurlik girdobiga g'arq bo'lgan. Ammo taqdir ularni bir-biridan uzoqda saqlash niyatida emas edi.
Tous Droits Réservés