Qaysi qush baxtli?

13 0 0
                                    

Qadim o'tgan zamonda,uzoq o'lkalardagi qalin o'rmon ichida bır qarg'a yashagan ekan .U o'z umridan juda mamnun, baxtli hayot kechirar ekan.Biroq bir kuni ko'kda viqor bilan uchib ketayotgan oqqushni kuribdi -yu o'ylab qolibdi:"U juda ham oppoq qush ekan . Shuning uchun juda chiroyli .Men esa qop-qoraman . Nazarımda oqqush dunyodagi eng baxtli qush bulsa kerak".U xayolan kashf qilgan baxt haqidagi xulosalarni oqqushga borib aytibdi . O'zining baxtsizligidan nolibdi .Oqqush uzun bo'ynini oldinga cho'zib javob qilbdi :-Umuman olganda, gaping tug'ri ammo mendan ham baxtliroq qush bor ,bu -to'ti .U dunyodagi eng baxtli qush oqqushning tan olib gapirishidan to'tining dunyodagi eng baxtli qush ekanligiga ishonchi ortgan qarg'a yo'lda to'tini uchratibdi .Unga oqqushning ta'rifini aytibdi.To'ti boshini sarak-sarak qilgancha so'zga kiribdi:
-Do'stim oqqushning gapida jon bor . Sababi toki tovusni uchratmagunimcha men ham shunday iqrorda edim.Endi bilsam, dunyodagi eng baxtli qush tovus ekan .Mana , qara, menda faqatgina ikki xil rang bor.Mening go'zalligim shu ikki  tusli patlarimda.Ammo tovusda olamda bor jamiki rangni uchratasan.Shubhasiz ,u dunyoning eng go'zal ,eng baxtli qushi.Qarg'a xulosalariga yakun yasash uchun tovusni qidirb ketibdi. İzlay -izlay uni hayvonot bog'idagi qafas ichidan topibdi.Qarg'a bir muddat tovusning chiroyiga mahliyo bo'lib qolibdi.Uning eng baxtli qush ekanligiga shubhasi qolmabdi.Eng hayratlanarlisi, panjara ortidagi o'nlab, yuzlab odamlar uni tomosha qilish uchun bo'y chuzishar hayratlarini bir -birlariga to'lqillanib gapirishar edi. Qarg'a atrofga tun pardasi yoyilib , odamlar tarqalguncha kutib turdi.So'ng sekin tovusga yaqinlashdi.Unga bu yerga kelishdan maqsadini tushuntirbdi  .Kamalakdek serjilo patlarini yig'ib olgan tovus sekin gap boshlabdi:- Eh,
, Qarg'avoy ! Nahotki o'zingni baxtsiz hisoblasang.Axir sen ozod qushsan .Xohlagan yeringga ucha olasan ,xohlagan qushlar bilan gaplasha olasan .Xullas o'z erking, o'z qo'lingda .Men-chi?men mana shu panjaralar ortida odamlarga bir muddatlik quvonch ulashish uchun o'zimni ne kuylarga solishga majburman .Shuni unutma do'stim Qarg'avoy , tutqun jon o'zini baxtli his eta olmaydi .Tovusning yonidan uzoqlashayotgan qarg'a qanotlarini qattiq -qattiq silkitarkan "qaysi qush baxtli"
degan savoliga to'la -to'kis javob topibdi va eng katta baxt  ozodlik ekanligiga to'la iqror bo'ldi





.

You've reached the end of published parts.

⏰ Last updated: Jan 08, 2023 ⏰

Add this story to your Library to get notified about new parts!

Qaysi qush baxtli? by Xudoyberdiyeva Baxtigul Where stories live. Discover now