Men 2002-yilman.Ismim Fotima. Tibbiyot texnikumini tamomlaganman. Ammo kitob oʻqishni va yozishni juda yaxshi koʻraman. Menga koʻproq hayotdan koʻra kitoblar va kitoblar dunyosi yoqadi. Ayniqsa ko'p kitob oʻqiydigan , aqilli, oʻqimishli insonlar bilan bir finjom qahva ustida samimiy suhbat qurish jonu dilim. Tasavvuri keng, oʻziga ishongan, aqilli va samimiy insonlarni hurmat qilaman.
Kelajakda boshqa davlatlarga ham borib koʻrib sayohat qilib kelish niyatim bor. Hayotda doimo oʻzimni xursand qilib yashayman. Oddiy narsalardan, hodisalardan yosh boladay quvonaman. Hatto butunlay kayfiyatim yoʻq paytda oddiy bir shoʻx qoʻshiqqa raqs tushib, kayfiyatimni koʻtaraman. Kopincha yolgʻiz qolish ham yoqadi. Hobbiyim joni dilim kitob qiziqarli hikoyalar yozish. Quloqchinda qoʻshiq eshitish ham juda yoqadi. Hullas, oddiy bir qizman.
Agar yozgan kitoblarimni ohirigacha oʻqib, yuldachalar va likelarni Ayamasangiz sizdan juda hursand boʻlgan boʻlardim. Yuzimga quvonch yugurishiga siz sababchi boʻlasiz.
Hali juda yosh yozuvchiman ammo sizlarga bir maslahat beraman:
Doimo bu qisqa hayotda kulib, quvonib yashang, yaqinlariz bilan koproq birga boʻling, oddiy narsalardan quvonishni oʻrganing va eng asosiysi baxtli boʻlishga ishonib yashang. Shunda hayot juda goʻzal boʻladi!
- JoinedSeptember 17, 2026
Following
Sign up to join the largest storytelling community
or
Story by Fotima707
- 1 Published Story
Taqdir tuhfasi
56
8
5
Bu kitob hayot tashvishlaridan charchab, hayotning goʻzal moʻjizalariga ishonishni hohlab yashaydigan insonla...