Wongy_05

Balki meni ham asarlarim sizga qiziq boʻlar. Aytsangiz sizga yuboraman 

Sadaf_Aslan

@Wongy_05 yaxshi, "Zulmat" bilan "Gallax"ni o'qib ko'raman.
Reply

Wongy_05

@Wongy_05 Zulmat, Bu yerda beshta imperiya bor. Zulmat imperiyasi, Dengiz imperiyasi, Yer osti imperiyasi, Kamalak imperiyasi va Changalzor imperiyasi. Voqea Zulmat imperiyasidagi imperator oilasida kenja shahzoda tugʻilishidan boshlandi. Imperatorning toʻqqizta qizi bor edi va uni kenja oʻgʻli toʻqqizta qiz farzanddan keyingi yagona oʻgʻil farzandi boʻlishi mumkin edi, ammo Imperator oʻgʻli tugʻilishidan bir oy avval vafot etdi. Nihoyat kenja shahzoda tugʻildi, ammo xursandchilik uzoqqa choʻzilmadi chunki uni onasi ham vafot etdi. Yetim qolgan shahzoda esa opalari qoʻlida qoldi,ayniqsa katta opasi Owano ukasiga qolgan singillariga qaraganda ancha  boshqacha munosabatda edi, Owano avvallari juda jiddiy va sovuqqon edi ammo ukasi tugʻilishi bilanoq hammasi oʻzgardi va Owano juda mehribon va taʼsirchan odamga aylandi chunki endi uni ukasi bor. Owano ukasiga oʻta mehribon va muloyim munosabatda boʻlardi, uni juda erkalab avaylab tarbiya qilardi chunki uni juda yaxshi koʻradi. Va ukasi shunday oʻlim va qora kunlarda tugʻilgani uchun unga Kuraio deb ism qoʻydi bu ism yapon tilida tarjima qilganda zulmat degan maʼnoni anglatadi... Ammo qonli va qoʻrqinchli joylar bor, yo boʻlmasa Gallax, u asosan comedy fantastik va sarguzasht
Reply

Sadaf_Aslan

@Wongy_05 Hali o'qa olaman deb o'ylamayman. Imtihonga tayyorgarlik 
            Tepadagi qaysi asarlar "qo'rqinchli, thriller, qonli" emas?
Reply

Murodjon06

Assalomu aleykum! Yaxshimisiz? Men Wattpadga endi keldim yosh yozuvchiman. Siz ancha oldin kelgan ekansiz va ancha kitobxoniz bor ekan. Menga ham kitobxon toʻplash uchun maslahat bera olasizmi?

Murodjon06

@Sadaf_Aslan ha tushunarli. Javob uchun tashakkur 
Reply

Sadaf_Aslan

@Murodjon06 Menimcha o'quvchilarning e'tiborini tortgan narsalar:
            1) Asar nomi
            2) Asar muqovasi
            3) Asar haqida yoziladigan ma'lumot
            bo'lsa kerak.
            Ham sahifamga o'zimga yoqqan, qiziqarli asarlarni joylaganman. O'qiganlarga yoqib, mendan yaxshi asarlar chiqishiga ishonishgani uchun bo'lsa kerak.
Reply

Sadaf_Aslan

@Murodjon06 To'g'risini aytsam, men kitobxonlar yig'ish uchun hech narsa qilmaganman. O'zimning telefonim yo'q edi, oyimnikini ishlatardim. Har doim ham qo'limda bo'lmasdi. Shuning uchun o'qimoqchi bo'lgan asarlarimni wattpadga joylab qo'yardim-da, boshqa uyimdagarning telefonlari, noutbuki yoki kompyuteridan wattpadga kirib keyin o'qirdim. Bu akkauntni o'zim uchun ochganman, kitobxonlar yig'ish niyatim bo'lmagan.
Reply