#Oq_qora Muallif: #Zaxara Hayot huddi pianinaga o'xshaydi, uning klavishlari kabi hayotning ham oq-u qoralari mavjud! Undan taraladigan musiqa kabi, hayotning ham o'z simfoniyasi bor!
Hashamatli restoranda bugun katta bayram.
Bu bazm sababchisi bo'lmish sohibjamol qiz bugun katta hayotga qadam qo'yishga to'laqonli haqli bo'ldi ya'ni 18 yoshini qarshiladi. Qizining erkin hayotga qo'ygan ilk qadamini shaharning katta biznesmeni bo'lmish Ozod Qayumov o'zgacha shukuhda bo'lishini niyat qilib kattagina bazm uyushtirgandi. Shoyatki bu qizga unchalik ham hush kelmagan taklif bo'ldi, ammo dadasining ko'nglini og'ritmaslik uchun raddiya bildirmadi.
Nihoyat bazm boshlanganining o'ninchi daqiqasida bazm malikasi ham ko'rinish berdi. Hashamtli restoranning, hashamdor zinalaridan bir bir qadam bosib pastga tushayotgan qiz o'ta nozik harakat qilar, nozikkina oq qo'li bilan zinapoyaning tilla panjaralaridan ohista tutib, nozik didla tanlangan ko'ylagining etagini boshqa bir qo'li bilan biroz ko'targancha yanada nozik harakat ila davraga qo'shilib ketdi. U zinalarni birma bir bosib o'tganda hammaning ko'zi uning benihoya go'zal chehrasiga qaratilgandi. Sutga chayilgandek oppoq yuz, odamni jonini olaman deydigan yonib turuvchi to'q moviy ko'zlar, gulg'uncha misol pushti lablar, qaldirg'och qanotidek qora qoshlar, beldan pastga to'lqinsimon tushurib qo'yilgan tim qora sochlar barchani e'tiborini birdek torta olgandi. Shu bilan birga Ozod Qayumov va raf i qasi Mahbuba Qayumova ham qizining go'zalligidan o'zlaricha faxr tuyushib mag'rur labi uchida jilmayib ham qo'yishdi.
Bazmga yig'ilgan kibrli zodagonlar orasida siqilib ketgan qiz bazm bo'layotgan restoran dizayniga uyg'un bo'lgan novot rang uzun, keng etakli ko'ylagining etagini ko'targancha havo almashtirish uchun tashqariga yo'l oldi.
Qiz restoranning atrof i ni egallagan kichik bog'chada sayr qilar ekan, tashqari biroz sovuq bo'lgani uchun bu safar nozik qo'llari etakdan uzilib egniga tashlab olgan novot rang sharf l arni tutdi. Ochiq yelkalarini yopib turgan sharfni tirsagigacha biroz tushurib olgan bo'ldida, etni biroz junjiktiruvchi salqin shabadadan himoyalandi. O'z hayollari ichra yurgan qiz "tap" etgan tovushdan cho'chib fi krini jamlagan holda atrofga olazarak qaradi. Nigohlari oyog'i ostida yotgan qora ryugzakka tushgach biroz muddat joyidan jilolmay qoldi.
- Bu sumka qayerdan tushdi?
Qiz gapini yakunlagandi hamki, yonveridagi bo'yi tengi butlangan butalar qorong'uda qo'rqinchli silkinib, baland tovushda shitirlay boshladi. Qiz endi avvalgidanda kuchliroq qo'rqib ortga bir ikki qadam bosdi.
- Osmondan tushdi, osmondan.
Qiz yigit kishining ovozini eshitib, ko'zlarini yuqoriga ovoz kelgan tarafga qaratdi. Zich joylashgan butalar ustiga chiqib olgan yigit yo'g'onroq ovozida gapirib, bir urunish bilan qizning yonginasiga sakrab tushdi.
- Huddi mendek! - zumda qaddini rostlab ko'zlariga tushib qolgan sochini qo'llari orqali ortiga olgancha gapini davom etdi yigit.
Qiz qarshisiga sakrab tushgan o'z nazdidagi "maymunga" yanada hadiksirab qarar ekan, "maymunning" yuziga e'tibor berib uning unchalik ham qo'rqinchli emasligiga amin bo'ldi. Tim qora qosh, ko'zlar, nim pushti lablar, o'ziga yarashgan ixcham burun, yanog'ida bilinar bilinmas turgan kulgichlar, hattoki qush uyasidek turgan to'zg'ib ketgan sochlari ham yigitning ko'rkamligini yashira olmagan, yuzidagi bir ikki jarohatlar ham yigitga o'zgacha toravat baxshida etib turardi.
- Hali uzoqqa ketib ulgurmagan, topinglar uni...
Qizning hayollarini buta devor ortidan eshitilgan ovoz bo'lib yubordi. - He... Jin ursin! - yigit o'ziga o'zi gapirib boshini qashigancha yurib qo'liga yerda yotgan sumkani oldi - Hey qiz, qara shu sumkani senga qoldiraman - yigit yechim topgandek tim qora ko'zlari chaqnab yonida farishtadek turgan qizga yuzlandida, qo'lidagi sumkani qizning qo'liga tutqazib qo'ydi -ertaga soat 11:00 da Yapon bog'ining darvozasi yoniga olib bor, ho'pmi seni kutaman... Haya sumkani ocha ko'rma - yigit qizning katta-katta ochilgan ko'zlarini ko'rib o'zini kulishdan zo'rg'a tutdida, bir ko'zini qisgancha yeldek yugurib bog' ichra qorong'ulikka singib ketdi.
Hech narsaga tushunmayotgan qiz bir qo'lidagi qora sumkaga, bir yigit yo'qolib ketgan qorong'ulikka qaragancha qoldi.
- Isf i ra, Isf i ra xonim sizni janob chaqirayapti.
Qiz o'ziga biriktirilgan qo'riqchining ovozidan hayollarini yig'ib oldi.
- Nega?
- Har doimgi an'ana.
- Yaxshi... Siz bu sumkani mashinaga joylab turing. Ichini ocha ko'rmang mening qo'shimcha kiyimlarim bor. Lekin ikkinchi ko'ylakka hojat yo'q chamamda.
- Ho'p bo'ladi xonim.
Isf i ra hashamatli restoranga qayta kirgach, yo'nalishi to'g'ri restoranning katta qandili ostiga joylashtirilgan oppoq pianino bo'ldi.
Qizning maqsadini tushungan kishilar sekin-astalik bilan uning atrof i ni o'rab olishdi. Qiz hurmat yuzasidan tomoshaga yig'ilgan mehmonlarga boshi bilan tazim qilgan bo'ldida nozik qo'llarini oq qora klavishlar ustiga qo'ydi. Shu zahoti go'yo sehrgarlik yuz bergandek pianinodan sokin, yoqimli kuy yangray boshladi.
- Xonim, sharbat.
Kuy yakunlangach olqishlar sadosi ostida davrani tark etarkan qizning qarshisidan af i tsant yigit chiqib iltifot ila qizning nozik qo'llariga qandaydir sharbatni tutqazdi.
Bu ovoz sohibini tanigan qiz zumda yuzini qarshisidagi yigitga qaratdi. Yigit yuzida ayyorona tabassumini o'ynatgancha yana biroz avvalgi qilig'i bir ko'zini siqib qizni tark etdi. Isf i ra af i tsant yigitni to'g'rirog'i qop qora kiyimlaridan kechib af i tsant kiyimini kiyib olgan bezori yigitni ortidan yana lom-lim deyolmay qarab qoldi.* * * Isf i ra xonasida u yoqdan, bu yoqqa tinmay borib kelib yurar, goh-gohida bosh barmog'ining tirnog'ini ham tishlari orasiga olib borardi. Bu uning asabiylashayotgani, xotirjamsizligini anglatib turardi. U ko'z qiri bilan yotog'i chetida turgan qora sumkaga bir qaradida yana yuzini qo'llari bilan majburan burib boshqa tarafga qarab oldi. Yo'q ortiq qiz bu holatda o'tira olmaydi. Sumkaning ichida nima borligi unga juda ham qiziq. Yigitning harakatlari va ortidan izlab yurishganidan kelib chiqilsa u o'g'ri bo'lishi mumkin. Qiz qancha o'zini ushlab turmasin baribir qiziqishi ustunlik qilib sumkani yotoq ustiga oldi. Uni sekinlik bilan ochar ekan ko'zlari hayratdan kattalashib, tahminlari o'z isbotini topganini angladi. U qo'llarini sumka ichiga solib to'plam-to'plam turgan yuz mingtaliklarni besh oltitasini oldida, ko'zlarini asabiy qattiq bir ikki yumib ochdi, lablarini ham asabiylikdan qimtib oldi. - Ana senga tug'ilgan kuningda unutilmas "sovg'a". U anniq o'g'ri! Endi nima qilaman?
Tug'ilgan kunimda nimalarga o'ralashib qoldim-a? - qiz norozi nolib pullarni joyiga soldida sumkani xona burchagiga uloqtirib yubordi - to'xta Yapon bog'i dedimi, balki uchrashadigan vaqtimizga politsiyani chaqirib qo'yarman. U o'g'ri ekan qilmishiga yarasha jazo olishi kerak... Yo'q avval o'zim surishtirib ko'rsamchi, balki o'g'rimasdir...
Lekin... Offff, offf. Ana senga tug'ilgan kuningni ulkan "sovg'asi" Isf i ra!