Ota onasidan dugonamnikiga boraman deya ruxsat so'ragan Isf i ra Iskandar aytganidek kechki yettilarga tayyor bo'ldi. Shubha uyg'otmaslik uchun Iskandarga ko'cha boshida kutib turishini xabar qilib qo'ydi. Isf i ra bu uchrashuvga alohida tayyorgarlik ko'rdi. Uzun bir tekis sochlarini biroz to'lqinsimon qilib ikki chekkasidan yig'ib qo'ydi. Rangini yanada ochadigan och pushti rangdan foydalanishni niyat qilib bejirim bahorning biroz salqin havosiga mos och pushti rangli ko'ylak kiydi. Birozgina pardoz va o'zini ko'ngli to'ladigan qiyofa. Isf i ra oynaga mamnun qarab, ko'cha boshida uni intizor kutayotgan yigit tomon oshiqdi.
- Salom - mashinaning orqa o'ridig'iga o'tirgach sekingina salom berdi qiz biroz hayajon bilan. Iskandar ham bugun kiyinish uslubini o'zgartiribdi. Oq ko'ylak bo'yin tugmalarining bir ikkitasi ochiqligi biroz ko'cha uslubini ko'rsatadi, qo'lida kumush soat, qora shim hammasi tartibda va bu uni yanada ko'rkamlashtirgan.
- Salom... - yigit qizning go'zalligiga biroz termulib qoldi - Bugun boshqachasan! - Iskandar ham qizdagi o'zgarishlarni darrovda sezdi.
- Qayerga boramiz? - bunday munosabatlar begona bo'lgan qiz qanday javob qilishni bilmay gapni burishga urundi.
- Bugun bizning ilk uchrashuvimiz, albatta shunga mos joyga boramiz.
Mashina hashamatli restoran yonida to'xtadi.
Iskandar bugun jentlmenlik rejimida, qiz mashinadan tushmasidan oldin chaqqonlik bilan eshikni o'zi ochib berdi.
- Rahmat - bu so'zni qizning o'zi zo'rg'a eshita oldi menimcha.
Ikkisi oldinma ketin yurib sekinlik bilan restoran ichiga kirishdi. Ularni mulozamat bilan oldindan tayinlanib qo'yilgan af i tsant kutib oldi. Ikkisini alohida xonalardan biriga joylashtirib kamchilik bor yo'qligini so'radiyu bu ikki kabutarlarni tezda yolg'iz qodirdi. Bu xona ham oldindan tayyorlanib qo'yilgan bo'lib stol usti romantik bezatilgan edi. Desert, salat, ichimliklar, muz ichiga solib qo'yilgan shampan vinosi, shamlar va albatta atirgul yaproqlari stol ustiga ko'rk bag'ishlab turardi.
- Shuncha tayyorgarlik - qiz hayajondan sekin pichirladi.
- Qo'ldan kelgancha - Iskandar yelka qisib qo'ydi. So'ng nimadir esiga tushgandek qiz tomon yaqinlashdi. Qizga mulozamat qilib o'tirishi uchun stulini surib bergach, qiz yengil tortib stulga joylashdi.
- Shart emasdi.
Oqsuyak bo'lsa ham, ishqiy masalada qarama-qarshi jins vakilidan bunday munosabatga o'rganmagan qiz biroz hijolatlandi.
- Kinolarda shunday qilishardi.
Ikkisi ham kulib yuborishdi... Ancha sukunat, bir jumla ham gapirilmay ovqatlanish, xonada faqat qoshiq, sanchqining likoblarga urilib jarang sochishi... Bir biriga gapirishga gap topa olmayotgan ikki yoshlardan biri Isf i ra oxiri dilidagini tiliga ko'chirib xonadagi bu yoqimsiz sukunatni buzdi.
- Bunday narsalar menga yoqmayapti. Avvalgi munosabatlar yaxshi edi.
- To'g'risini aytsam, menga ham.
Iskandar shundoq ham ikki tugamasi ochiq turgan ko'ylagining yana bir tugamasini yechib yoqasini to'g'irlagan holda o'zini orqaga tashladi.
- Ikkimiz ham bir birimizni yoqtiramiz, bu anniq bo'ldi. Boshqa qaytib bunaqa noqulay narsalar qilib boshimni og'ritmayman.
Bu gapdan Isf i ra sho'xchan kulib yubordi.
Miriqib kulib bo'lgach uni diqqat bilan kuzatib turgan Iskandarga yuzlandi.
- Bizdan romantika chiqmas ekan.
1 oydan so'ng.
- Isf i r bugun 'ha' desang ham, 'yo'q' desang ham baribir boraman... Yetar endi -telefondan Iskandarning asabiy ovozi yangrardi.
- Iskandar... Bo'lmaydi, hali juda erta... Axir 18 yosh bo'lsam... Men tayyor emasman... - Isf i ra uyinga "sovchi" bo'lib boraman deb tana qilayotgan yigitga iloji boricha bosiqlik bilan tushuntirishga urunardi - Uni ustiga sen o'zing kelsang... Dadam hech qachon ko'nmaydi, "kasbingni" bilib qolsaku umuman...
- Bu bilan dadam meni senga bermaydi demoqchimisan?!
- Hozircha ha... Lekin men ko'ndirishga urunaman, ammo hozir emas... Hali o'zim bola bo'lsam... Iskandar - yalingansimon gapirdi qiz.
- O'zing bilasan, bo'pti keyin gaplashamiz.
Isf i ra hali gapirib ulgurmasidan telefonni o'chirib qo'ydi yigit.
- Hozirgi yigitlar qizlardan battar arazchi bo'lib qolishgan, tavbaa... Rosti hamda o'zi yaniqdagina 18 yoshni qarshilagan bo'lsam... Isf i ra o'ziga-o'zi bidirlagancha telefonni butunlay o'chirib tashlab xonasidan chiqib ketdi.
Ikki kundan so'ng.
Isf i ra bir mehmonxonada o'tirgan ayollarga, bir qo'lida turgan telefoniga hayron qarar ekan nimalar bo'layotganini tushuna olmasdi.
Diqqatini jamlab Iskandardan kelgan xabarni yana qayta o'qidi.
"Mehmonlarga choy olib kirdingmi?"
- Yo hudoyim bu nima degani? O'lay agar hech narsani tushunmayapman - Isf i ra qoshlarini chimirib tushunarsiz ohangda pichirladi.
"Birrovga tashqariga chiq eshiging tagida turibman, senda gapim bor" Iskandardan yangi xabar keldi.
- Qizim choy olib kel - xabarni o'qib bo'lgandi hamki, oshxonaga o'tadigan yo'lak bo'ylab onasining mehr qorishiq biroz jiddiy ovozi yangradi.
Isf i ra telefon stol ustiga qo'ydiyu odab va urf-odat yuzasidan tishini-tishiga bosib mehmonlar oldiga choy olib kirdi. Ikki ayol uni zimdan kuzatishidan hijolat bo'lib tezda xonani tark etdi. Shu bo'yi shoshgancha tashqariga yo'naldi.
- Sen...sen nimalar qilayapsan? - Isf i ra salom-alikni ham unutib yigitdan hisob so'ray ketdi.
Uning maslahatsiz o'zboshimchalik bilan qilgan ishi qizni yaxshigina hunobini oshirgan edi.
- Vaaleykum assalom... Men yaxshiman Allohga shukur - Iskandarning qoshlari chimirildi - avval hol ahvol so'rasang bo'larmidi.
- Uzr, asabiy holatdaman yodimdan ko'tarilibdi... Ho'sh, nega bunday qilding? Axir aytdimku hali vaqtli deb.
- Isf i r... Vaqtni yo'qotishni istamayman, har doim sen bilan bo'lishni, seni yonimda his qilishni xohlayman... Uni ustiga shu ikki oy ichida uzoq safarga chiqishim kerak, shunda menga sherik bo'lsang yaxshi bo'lardi...
Harxolda endi seni bu yerlarda yolg'iz qoldirishni istamayman - Iskandar o'zi xohishini bildirosh barobarida, hozirgi vaziyatini ham tushuntirib o'tdi.
- Qanaqa safar?
- To'yga rozi bo'lsang bilasan - sirli jilmaydi yigit.
- Iskandar... - qiz biroz tin oldi - men rozi bo'lganim bilan ota-onam...
- Sen bunisidan havotir olma,en o'zim ularni rozi qilaman, uni ustiga menikilar ham anoyi emas, ushlagan joyini uzib qaytadiganlardan -maqtangan bo'ldi.
- Ular kim o'zi?
- Yollanma aktrisalar... - bu gapiga qizni reaksiyasini ko'rib kulishdan o'zini zo'rg'a tiydi Iskandar - Hoy, hazillashdim buncha ko'zing piyoladek bo'lib ketdi, ular meni uzoq qarindoshlarim.
- Hammasi juda tezlashib ketdi - ho'rsindi qiz.
- Menga ishon hammasi yaxshi bo'ladi, ikkimiz bir-birimizni yoqtirsak, bo'ladigan ishni tezroq bo'lgani yaxshi emasmi?!
- Iskandar oila qurish o'yin narsa emasda, uning qanchadan qancha mushkulotlari bor, meni hali oila borasida tushuncham ham yetarli emas...
- Sen bularni o'ylama taqdirimizga nima yozilsa shuni ko'ramiz - Iskandar qizga yaqinlashib sekinlik bilan qizning qo'llarini qo'llari orasiga oldi. Isf i raning yurak urushi tezlashdi - Alloh nomini o'rtaga qo'shib aytaman, qurbim yetgancha seni baxtli qilishga harakat qilaman...albatta sen bunga izn bersang - chiroyli jilmaydi Iskandar.
Mehmonlar to'g'rirog'i sovchilar ketgach Isf i raning ota-onasi anchagacha mehmonxonada o'tirishdi. Isf i ra stol ustini yig'ishtirish uchun mehmonxona tomon yaqinlashganda ota-onasi qurayotgan suhbat beixtiyor qulog'iga chalindi. Aslida gap poylamoqchi emasdi, ammo suhbat o'zi haqida bo'layotgani uchun qiziqish ustunlik qildi.
- Qizingizni ham ko'ngli bordek.
Qayumovlar oilasi ancha zamonaviy bo'lgani uchun Mahbuba fi krini turmush o'rtog'iga ochiq bayon eta oldi.
- Boya qizingizni tashqariga chiqib ketayotganini ko'rdim, hoynahoy kuyov bo'lmish chaqirgan bo'lsa...
- Qizimni ko'ngli bor ekan deb shunday bervoravermaymanku Mahbuba. Avval yigitni surishtiraylik, qanday yigit, nima ish qiladi, oilasi qanday? Bilaylik! Sen qizingni ko'ngliga o'zing ham bir qo'l solib ko'r. Keyin yana o'ylashib ko'ramiz.
- Voyy men ham bering demadimku, taxminimni aytdim qo'ydim - Mahbuba biroz araz bilan dedi.
- Ehh Mahbuba vaqtni o'tishini qaraya, kechagina uning ilk qadamlarini ko'rib qanchalik xursand bo'lgandik. Bir deganda qizimizni ham bo'yi yetib qolipti. Sovchilarni ko'chadan qaytaraverib bu hissiyotni unchalik ham sezmagan ekanmiz, bugun esa... - Ozod shu yerda jimib qoldi. Qizning ota-onasi bo'lish ham qiyin oq yuvib-oq tarab, asrab-avaylab, tarbiyalab katta qilgan farzandingni bir kuni yetti yot begonaga topshirish... Buni faqat qiz katta qilganlar biladi.
Ota-onasining gaplaridan ko'ngli buzilgan qiz ko'z yoshlarini arang tiygancha xonasi tomon oshiqdi. Xonasiga kirishi bilan yuzini yostiqqa bosgancha ho'ngrab yig'lab yubordi.
Qizga ham oson emas shuncha yil ota-onasining bag'rida erka bo'lib ulg'ayib, begona bir oilaga tushib qolish.U oilaga moslashish yangi qonun-qoidalarni o'rganish. Ular haqida hech qanday ma'lumotga ega bo'lmay ko'nglini olish...
Isf i ra telefoni jiringlasa ham ko'tarmadi. U kim telefon qilayotganini bilar, atay javob berishni istamasdi. Chunki qiz yigitdan arazlagandi, go'yoki Isksndar qizni ota-onasining bag'ridan yulib olayotgandek tuyulardi. Ko'zlari yig'idan shishib ketgan qiz telefonni butunlay o'chirib yana yig'lashga tushdi.
Yigitga "ha" deb qo'ygani bilan ota-onasidan sira uzoqlashishni istamasdi. Axir u faqatgina ota-onasining bag'rida erka qizaloq bo'la olar edi. Oila bo'lish juda-juda katta masuliyat talab qiladi, qiz o'zligidan kechib "ulg'ayishiga" to'g'ri keladi.
Balki... Balki ichkikuyovlikni so'rab ko'rar...
Ahh naqadar xudbinlik!
Iskandar bunga o'lsa ham rozi bo'lmaydi. U hazilkash, bezori, qizni ko'ngli uchun ba'zi narsalarga rozi bo'lgani bilan g'ururi naq Everest cho'qqisi. Bu narsaga aslo va aslo rozi bo'lmaydi!
Bir haftadan so'ng.
Bu orada Iskandardan sovchilar yana ikki marta kelib ketishdi. Ularning niyati jiddiy va qizining ham ko'ngli shu yigitga tushganidan xabari bor Ozod ahiyri bu ishga o'zi jiddiy kirishdi. Yakkayu yagona qizini qanday qo'llarga topshirayotganini qizining kelajagi uchun ham anniq-tinniq bilishi kerak edi.* * * *
- MAHBUBA, MAHBUBA DEDIM BUYOQA CHIQ.
Ishlarini yakunlab qaytgan Ozod Qayumovning g'azabnok ovozi uyni larzaga keltirar darajada baland chiqdi.
- Ha dadasi tinchlikmi, buncha uyni boshingizga ko'tarib baqirasiz - Mahbuba erining ovozidan cho'chib yoniga yugurgilab chiqdi.
- QIZING, QIZING QAYERDA?
- Xonasida, nima bo'ldi? Tinchlikmi dadasi?
- Chaqir! - o'zini bosishga urundi.
- Dadasi...
- Chaqir dedim SENGA!
Mahbuba nima bo'lganini anglay olmay tezda Isf i raning xonasiga ko'tarildi. Qiziga pastdagi vaziyatni biroz tushuntirgach, Isf i ra oyoq-qo'li qaltiragancha dadasining yoniga tushdi. U erka qiz bo'lgani bilan dadasidan ancha hayiqardi. Dadasi nega buncha g'azablanayotganini ham qisman tushundi.
Kim ham xohlardi qizini o'g'ri yigitga berishni.
Uni ustiga qizi ham shu yigitni deb tursa...
- SEN QIZNI AQLING JOYIDAMI? - qizini ko'rishi bilan Ozodning jazavasi qo'ziy boshladi. Shuncha obro e'tiboriga qaramay qizi gadoyni desa ham uni ko'ngliga qarab berishga rozi bo'lardi. Lekin xarom pul topadigan o'g'riga emas!
- D.da.da... - Isf i ra gapira olmay yerga qaradi.
Nima ham desin otasi qisman yo'q...to'liq haq bu vaziyatda.
- U O'G'RI...o'g'ri ekan-ku.
- Isf i r... Yig'layapsanmi?! Qiz javob o'rniga hiqilladi.
Mashina boshqarayotgan Iskandar tezda mashinani chetga olib o'tib to'xtatdida, bor diqqat e'tiborini qizga qaratdi.
- Isf i r nima bo'ldi? Telefon qilganingdan beri jimsan... Hiqillashdan nariga o'tmayapsan tinchlikmi? Gapirsangchi...
- Q.qama.lib ham chiq.qqa.nmi.san?
- Shunaqaroq - Iskandarni nafasi ichiga qaytgandek zo'rg'a tan oldi - Kim aytdi?
- D.da.dam... S.sen...s.sen o'rta.tamiz.da sir bo'l.lma.sin der.rrding, l.lekin...
- Isf i r buni ko'rishganimizda tushuntirib beraman... Ho'pmi?! Dadang yana nima dedi?
- Da.da.dam... - Nima dadang?! - Seni o'g'ri.o'g'riligingni...
- Tushunarli... Nima dedi?
- Xo.xonam.ga qa.mab qo'ydi - Isf i r shu joyida yana uvillab yig'lab yubordi.
- Nima dedi?!
- M.meni o'g'riga beradigan qi.qizim yo'q. Vos ke.kechasan undan. Bu sa.safar ko'nglinga qa.qaramayman de.dedi... y.ya.na q.qama.lib chi.chiq.qan...
- Senchi?!
- Hech narsa de.deyolmadim... qo'rquvdan ka.kasalim tutib qo.qoldiiii.
- Sen tinchlan ho'pmi? Dadang bilan o'zim gaplashaman.
- Dadam rozi bo'ladigan emas.
- Men rozi qilaman.
- Agar...
- Agar rozi bo'lmasa men bilan qochib keta olasanmi?!
- Iskandar - qizning norozi yalinchoq ovozi eshitildi.
- Ho'sh?
- Hech qachon!
- Sendan boshqa javobni kutmagandim ham -kuldi Iskandar - lekin men seni rizoligingga qarab o'tirmayman. - Nima qilasan?
- O'g'irlab ketaman!
- Sen telbasan!
- Hazillashmayapman.
- Bunday axmoqona gaplardan ko'ra, dadam bilan galashishni o'ylarsan - norozi gapirdi Isf i ra.
![](https://img.wattpad.com/cover/349994655-288-k182287.jpg)