10

19 0 0
                                    

Yuvinish xonasida o'z aksiga termulib turgan Isf i ra, o'zidagi o'zgarishni darrovda sezdi. Ko'zlarida allaqanday uchqun paydo bo'lgandek. Labida ham bilinar bilinmas tabassum. Bunaqa munosabat u o'ylaganidek qo'rqinchli ham emas ekan, aksincha insonni qandaydir o'zgacha olamga tushurib qo'yadi.
Faqat uyat hissi endi uni biroz bezovta qilayotgandi.
Isf i ra ko'zguga qaragancha bir qo'lini lablariga olib borib ularni sekin siladi, ko'z oldida kechagi tunning qisqa-qisqa lavhalari jonlangandek bo'ldi... Issiq nafas... Ilk bo'sa...
Qaynoq lablar...
Bu safar barmoqlari sirg'alib bo'yniga tushdi...
Etni junjiktiruvchi nafas va yana qaynoq lablar... Tanasining har bir qismini silab-siypalagan mayin qo'llar... Erkalagan o'pichlar... Biroz og'riq va ehtirosli shivirlashlar... Quloqlari ostida olingan qaynoq nafaslar... Barchasi kechagi tunning yoqimli lahzalari. Isf i ra boshini bir ikki silkib hayollarini yig'ishga harakat qildi.
Ahmoqgarchilik! O'ylama!!!
O'ziga-o'zi shu so'zlarni ta'kidlab, nam sochlarini biroz quritib yuvinish xonasidan chiqdi. Bu orada Iskandar oshxonada ikkisi uchun nonushta tayyorlab turardi.
- Yana bir bor hayirli tong - Iskandar jilmaygancha oshxonaga kirib kelgan qizni qarshi oldi.
- Senga...
- Sizga go'zalim, - qizni gapini shart bo'ldi Iskandar - sizga bo'ladi bundan buyog'iga!
- Ixm...sizga ham - Isf i ra tortishadigan holda bo'lmagani uchun ortiqcha e'tiroz bildirmay stullardan biriga joylashdi. Yigitning ko'ziga tik qaray olmasdi.
- Sog'liging joyidami? - Iskandar ham qizni qarshisidan joy egallarkan so'radi.
- Ha - likopdagi taomiga qaragancha javob berdi.
- Dorilaringni vaqtida ichayabsanmi?  - Ha.
- Isf i r?
- Ha.
- Isf i ra?!
- Ha.
- Menga qara - Iskandar qiz uning yuziga qaramayotganidan ajablandi.
- Nima? - Isf i ra Iskandarning buyrug'i bilan uning ko'zlariga bir qaradiyu, yana nigohini likopdagi taomga olib o'tdi.
- Nega ko'zlaringni olib qochayapsan?
- Haligi...
- Ho'sh?! - Iskandar besabrlik bilan javob kutardi.
- K.kecha...uff...xullas... o'shada...
- Sen hozir nima deganingni o'zing tushundingmi?
- Uyalayabman bo'ldimi?! - qiz achchiq qilmoqchi bo'ldiyu, ammo ovozi yig'lamsirab chiqqach yuzini qo'llari bilan berkitib olgancha yon tarafga qarab oldi.
Isf i raning bu bolalarcha qilgan qilig'iga Iskandar kulgusini zo'rg'a ushlab qoldi. Hozir kulib yuborsa vaziyat ancha keskinlashishi tayin. Sababi qiz bir ortiqcha so'zga ham yig'lab bera oladigan holatda turibdi.
- Isf i r... Isf i rcham meni... Qani menga qarachi -Iskandar o'rnidan turib qizni yoniga yaqinlashdida qo'llarini yuzidan olishga harakat qildi - Hey, bu yig'laydigan holat emasku - yoshga to'lishga ulgurgan ko'zlarni ko'rib mayin jilmaydi - Qani beri kelchi, meni kobra, tili zaxar raf i qam qani? - sekin bag'riga oldi qizni - Bir kechada shuncha yuvosh tortib qoldingmi?
- Hey - biqinidan o'yib oldi qiz, yigitni hazili yoqmaganini yaqqol sezdirib.
- Ho'p bo'ldi jimman, endi menga qarachi -Iskandar qizni sochlarini quloqlari ortiga o'tkazib ikki yuzidan tutdi - Bunday holatda nima deyishni men ham bilmayman, bizni maslahat beradigan yangalarimiz yo'q. Lekin o'zingni mendan olib qochishing yoqmayapti.
- Tushundim - Isf i ra yigitning ko'zlariga qarab jilmayishga urundi.  - Unda yaxshi, kel endi nonushta qilib olaylik.
Ikki oydan so'ng.
- Isf i ra iltimos yana boshlama.
Oxirgi bir oy ichida O'zvekistonga qaytaylik deya tinmay diydiyo qilayotgan raf i qasini yana jim qilishga urunardi Iskandar.
- Boshlayman...
- Hoy inson, charchaganman maylimi hech bo'lmasa bugun tinchgina uhlasam!
- Baqirmang menga!
- Men hali baqirmadim!
- Baqirdingiz!
- Baqirmadim!
- Baqirdingiz!
- Baqirmadim dedim senga.
- Ana baqirayapsizku - Isf i ra hiqillashga tushdi.
- Isf i r... Jonim kel bugun tinchgina uhlaylik.
Ertaga davom etamiz ho'pmi?
- Siz meni tushunmayapsiz! Axir ota-onamni sog'indim deyapman... Siz kuni bo'yi ishda, men kuni bo'yi uyda. Aqldan ozib qolay deyabman axir. Ham ota-onam sog'inchidan ham yolg'izlikdan. Siz bilan gaplashay desam nuqul ish-ish deb menga avvalgidek e'tibor ham bermayapsiz. Qanaqa ishda ishlayotganingizni ham bilamyman xatto.
Men o'zimni xuddi qo'g'irchoqdek his qilayapman shuni sezayapsizmi? Nima yoki men sizga faqat issiq ovqat va tunigizni bezab berish uchungina kerakmanmi? - ichidan to'lib ketgan Isf i ra bugun bor dard-alamini yig'lagancha Iskandarga sochdi - Haya hali bu yerga qanday qochib kelganimiz ham esimda, "Keyinroq tushuntiraman" deb buni ham aytmadingiz. Men o'zi sizga kimman?! Nega O'zbekistonga bora olmaymiz?! A?!
Isf i ra o'rnidan turib yotoqxonadan chiqib ketdi. Yig'idan allaqachon hiqillashga ham o'tdi. Anchadan beri bezovta qilmay qo'ygan yuragi tez va qattiq-qattiq urgancha simillab og'riy boshladi. Qaltiroq qo'llari bilan suv ichishga urundiyu, lekin stakanni ushlab qola olmay yerga tushurib yubordi. Bu shovqindan Iskandar yotoqxonadan uchib chiqdi.
- Isf i r...
Ko'ksini ushlab yerga cho'kallab qolgan Isf i rani ko'rgach jon holatda uni yoniga yugurdi.
- Isf i r, tinchlan o'zingni bos... Menga qara -Iskandar qizni yuzlaridan tutib o'ziga qaratdi -hammasi yaxshi bo'ladi... Tinchlan...
Ho'p...ho'p O'zbekistonga qaytamiz... Tinchlan jonim, tinchlan... Men yoningdaman... Chuqur-chuqur nafas ol... Ana shunday... Ana shunday go'zalim... Tinchlan...
Qiz ancha tinchlangach Iskandar qizni qo'lida ko'targancha qayta yotoqxonaga olib kirdi.
Uni bag'ridan bo'shatmay o'zi ham yotoqqa joylashdi. Labini qizni peshonasiga bosib quchog'idan bo'shatmay uyquga ketdi.
- Bugun ishingizga bormadingizmi?
Isf i ra hamon ishiga ketmayotgan, xatto ketish uchun tayyorlanmayotgan  eriga kesatmay tura olmadi.
- Ha o'ylab qarasam raf i qam uyda yolg'izlanib qolipti, biroz ko'nglini ko'taray dedim.
- Qandaydir "turtki" bo'lmasdan avval shu narsa esiga kelmaptimi erjonimni?! A?!
- Kechagini turtki deyayotgan bo'lsang qattiq adashasan naqt "tepki" edi.
- Ajab qiliptida.
- Tilingni kalta qilib, nonushta tayyorlasang ancha savobga qolarding xotinjon!
- Har kuni och qolib ketgandek gapirmang.
Ancha savobga qolardingmish... Nonushta tayyor allaqachon. Arazlab olib erini och qoldiradigan xotinlardan emasman!
- Isf i r kel bu yerga o'tir senga gapim bor -nonushta qilishib bo'lishgach Iskandar yumshoq o'rindiqlarning biriga joylashib Isf i raga ham joy ko'rsatdi.
- Nima gap?
- Sen bilan hammasini gaplashib olamiz. Hamma-hammasini.
- Yolg'on gapirish bo'lmaydimi?
- Isf i r men senga hech qachon yolg'on gapirmaganman. Aytilmaydigan gap kelgandan faqat sukutda bo'lganman...
- Yaxshi, ikki qulog'im ham sizda - Isf i ra boshlang degandek yumshoq o'rindiqqa joylashdi.
- Ho'p, eng boshidan boshlaydigan bo'lsam, men o'n yoshimda avtohalokat sabab ota-onamdan ayrilganman - Iskandar sekinlik bilan o'zini qizga yaxshiroq tanitishni boshladi - so'ng ammamning qaramog'ida qoldim, ammam yaxshi bo'lgani bilan pochcham haqida bunday deya olmayman. U to'g'ri yurmasdi ya'ni qing'ir ishlar bilan yurardi yana meni yoqtirmasdi ham. Uni ham tushunaman tekintamoq kimga ham kerak, lekin meni ham boshqa boradigan joyim bo'lmagani uchun o'sha yerda qolishga majbur edim. Keyin nimadirlar bo'ldiyu men qandaydir to'daga qo'shilib qoldim. Barchasi yosh boshimga shu qadar tez yuz berdiki pochcham meni kallakesarlarga pullab yuborganini juda kech angladim. Ular meni shunday tarbiyalashdi ya'ni og'ri, bezori va o'zlariga o'xshagan kallakesar qilib. Keyin bilsam ular shunday to'da ekan bizdeklarni tarbiyalab jamiyatga zararkunandalar yetishtirib berar ekan.
   Keyin yigirma yoshimda katta odamning katta summasini o'g'irlaganim uchun ancha yilga qamoqqa tushib qoldim. Bir yil jazoimni o'tagach yonimga allaqanday kimsalar keldi.
Menga ish taklif qilishdi evaziga esa ozodligimni ta'minlab berishardi. Men o'ylab o'tirmay rozi bo'ldim, o'sha vaqtda yagona istagim to'rt devor orasidan qutulish edi.  - Qanday ish? - Iskandarning jimib qolganiga sabrsizlandi Isf i ra.
     — Ular "buyurtma" berishadi, men bajaraman.
     — Qanday buyurtma? — Isfiraning yuragini g'ul-g'ula egalladi.
     — Bu ham xuddi avvalgi ishimdek gap, o'g'rilik qilaman, faqat ular aytgan narsanigina keltirib beraman. Va yaxshigina haq olaman. Bu har narsa bo'lishi mumkin: pullar, hujjatlar, uy kartasi va hokazolar. O'zing tushunding-ku.
     — Shu joyiga bitta serial esimga keldi.
     — Qanaqa?
     — Shunqor! Ko'rganmisiz? Zo'r serial. O'sha serialni ko'rganimda bolani sevib qolgandim.
     — Nima?! — Iskandarning qoshlari chimirildi. — Sen hozir o'z eringga allaqanday yigitni sevaman deyapsanmi?! To'g'ri eshitdimmi?!
     — Shunda tentaklarcha meni ham shunaqa yigitim bo'lsaydi deb orzu qilgandim! — qiz yigitni gaplarini mutlaqo e'tiborsiz qoldirib, ko'zlarini katta-katta ochgancha, og'zini qo'llari bilan berkitib, Iskandarga qaradi. — Orzuyim amalga oshdimi? Nahotki?! Siz... Shunqor... Daxshat!
     — Isfir, nimalar deyapsan? — Iskandar qizga tushunarsiz qaradi.
     — Meni Shunqorim! — Isfira o'rnidan turib, Iskandarni quchib oldi. — Nahotki siz meni Shunqorim bo'lsangiz, nahotki?! Sizni yanada yaxshi ko'rib qoldim.
     — Isfira, seni gaplaringga mutlaqo tushunmayapman-u, lekin qandaydir yigit haqida gapirganingni aniq-tiniq angladim.

- Siz hikoyangizni davom eting, u yigit bilan keyin sizni shaxsan tanishtirib qo'yaman.
- Hoy qiz sen men bilan o'yanashayapsanmi?
- Yoq albatta azizim, siz hikoyangizni tugating keyin men gapirib beraman.
- Qayerga kelgandik?
- Siz shunqordek buyurtmaga ishlardingiz...
Aynan shu yerda to'xtagandik.
- Yana shu yigitni gapirdingmi?
- Aha... keyinchi? - diqqat bilan eshitayotgandek ko'zlarini pirpiratdi Isf i ra.
- Xullas, shunaqa ish bilan shug'ullanardim -Iskandar bir ho'rsinib hikoyasini davom etdi -  Buyurtmachilarning kimligi menga qiziq emasdi men faqat berilgan ishni bajarardim xolos. Va uch oy avval aynan buyurtmachilarning katta xatosi bilan men "ancha-muncha" bo'lgan odamning g'ashiga tegib qo'ydim. So'ng qochishimga to'g'ri kelib qoldi. Va ko'rib turganingdek hozir biz sen bilan qochib shu yerda turibmiz.  - Kim u? Qanaqa inson? Qochadigan darajada shunchalik xavf l imi?
- Katta maf i oz.
- Yo hudoyim! - Isf i ra ko'zlarini katta-katta ochgancha hayratini yashira olmadi.
- Uning oldida meni buyurtmachilarim ip esholmay qolishdi... Jin ursin.
- Endi nima bo'ladi?
- Bu o'zimga ham noma'lum Isf i r...
Qachongacha bunday qochib yuramiz bilmadim... Lekin sen havotir olma O'zbekistonga albatta qaytamiz.
- Iskandar, hozir qanaqa ishda ishlayapsiz? -Isf i raga endi Iskandar har kuni ko'chada nima ish qilishi qiziq tuyula boshladi.
Buyurtmalarni bajarishdam ozod bo'lgan bo'lsa...
- Hozir ham shu buyurtmalar bilan shug'ullanaman...
- Yana shu ishmi? Bu buyurtmalar har kuni bo'ladimi?
- Deyarli ha.
- Deyarli deysizmi? Bu nima deganingiz?  - Menga berilgan topshiriqlar oson emas, ularni o'rganib chiqaman, izlanaman qulay payt kelganda ishimni bajaraman, bunga vaqt kerak bo'ladi.
- Tushunarli... Aaa...sizni ham xakker tanishingiz bormi? - Isf i ra o'sha serialni yana eslab o'ylanib so'radi.
- Bor albatta.
- Xuddi kinodagidek-a?
- Shu kinoga juda yopishib oldingda.
- Zor kinoda... To'xtang hozir o'zingizga ko'rsataman.
Isf i ra Iskandardan uzoqlashib telefonini qidirishga tushdi. Uni oshxonadan topib kelgach tezgina internetga kirib Shunqor serialini qidiruvga berdi.  - Mana qarang, men sizga aytgan yigit shu -qiz serialda bosh qaxramon obrazini o'ynagan aktyorning rasmini Iskandarga ko'rsatdi.
- Karismi? - Iskandarning yuzi tezda burishdi.
- Karis emas koreys!  - Nima bo'lganda ham... yo'qot shu rasmni ko'zimdan... Uyalmay eriga boshqa yigitni rasmini ko'rsatadiya bu qiz - Iskandar Isf i raning telefon ushlab turgan qo'lini o'zidan nari itardi - qiziqishlaringni yaxshi tushunaman go'zalim, lekin qaytib menga allakimlarni maqtab kelma, ayniqsa ular yigit kishi bo'lishsa!
- Aktyorku, hamma ham kimgadir muhlislik qiladiku... Bu mening sevimli aktyorim -Isf i raga yigitning gaplari yoqmay to'mrayib oldi.
- Ya Alloh men hozirgina bu qizga nima dedim-a?! Isf i r... - Iskandar o'zini tinchlantirishga urundi - Sen menga muhlislik qil! Qahramoning ham, himoyaching ham endi menman. Hayotingda ham hayolingdan ham faqat men borman... Kelishdikmi?
- Aslida ham shundayku - Iskandarning o'rinsiz rashkidan jilmaydi Isf i ra - ho'pda azizim, siz nima desangiz shu... Ho'sh endi O'zbekistonga qachon qaytamiz?
- Sen qachon desang shunda.
- Rostanmi?
Iskandar tasdiq ma'nosida bosh silkib qo'ydi.
- Unda siz vaziyatga qarang - Isf i ra yigitni yuziga qo'llarini qo'ydi -  O'zbekiston siz uchun havf l i bo'lmaganda qaytamiz. Men yana sabr qila olaman... Siz sog'-omon bo'lsangiz bo'ldi.
- Mendan havotirlanma...
- Men sizdan emas o'zimdan havotirlanib aytayabman bu gaplarni... Xudo ko'rsatmasin, agar sizga biror korhol bo'lib qolsa, men buni ko'tara olmayman...
- Tshsh - Iskandar qizni lablariga jim degandek barmog'ini bosdi - Ikkinchi marta bunday gaplarni eshitmay... Hayolingdan chiqarib tashla bunday bemani o'ylarni!
Tushundingmi meni?
Isf i ra lablarida to'siq turgani uchun boshini "ha" degandek qimirlatib qo'ydi.

Oq QoraWhere stories live. Discover now