* * * * *
- Salom kuychi qiz.
- Yo hudoyim...
Institut hovlisida hayolga berilib o'tirgan Isf i ra ortidan birdan eshitilgan ovozdan cho'chib tushdi, o'tirgan o'rindig'idan yiqilib tushishiga ham sal qoldi.
- Bu nimasiyaa - qiz tezda o'rnidan turib ortiga o'girildiyu jaxldan qizarib ketdi - obboo yana senmi?
- Men ham seni ko'rib turganimdan xursandman - Iskandar hech narsa boʻlmagandek qizning yoniga joylashib tirjaydi.
- Ismimg nima edi Islommiding, Isommiding kim bo'lsang ham, meni tinch qo'yasanmi yo'qmi?! - Iskandar! Ismimni noto'g'ri aytganing uchun ham endi tinch qo'ymayman. - Ya Alloh men qanday gunoh qilgandimki meni manabu telbaga yoʻliqtirding - Isf i ra bu yigitdan osonlikcha qutula olmasligini bilib osmonga qaragancha noligan bo'ldi. - Senga yo'liqqanim bu mukofot kuychi qiz, ishonaver.
- Hoy telba mendan nima istaysan o'zi-a?
Telefon qilib asabinga tekkanim uchun kechirim so'raymi? Ho'p so'rayman, qara, KECHIR! Kechir o'sha vaqtda katta xato qilayotganimni bilganimda zinhor va zinhor bu ishga qo'l urmasdim.
- G'isht qolipdan ko'chdi, dermidi.
- Mendan nima istaysan?
- Ikki haftangni menga ajrat.
- Ikki hafta?! Nega? - Isf i ra unga tushunarsiz nigoh tashladi.
- Negaligini shu ikki hafta mobaynida bilib olasan.
- Tuya hammomni orzu qilipti unda - Isf i ra ortiq bu g'alati yigit bilan gaplashishni istamay o'rnidan turdi.
- Ertaga o'qishdan chiqishingda seni kutib turaman - Iskandar qizning raddiyasiga e'tibor qilmay dedi.
- To'nka - Isf i ra bundan ortiq gapni unga ko'p ko'rib o'qish binosi tomon odimlay ketdi -Nima emish ikki haftamni qayoqdagi o'g'ri uchun ajratar ekanman. Nima meni sendan boshqa qiladigan ishim yo'qmi? Jinni desam jinni emas, sog' desam sog' ham emas bu yigit.
Isf i ra tinchgina shu yigitdan uzoqroq yurganing yaxshi - ketar chog'i o'ziga-o'zi gapirib muhokama qilishni ham unutmadi.
Iskandar bir narsalarni bidirlab ketayotgan qizni ortidan qarab qolar ekan ayni vaqtlarda o'zidagi o'zgarishlarni o'zi ham anglay olmayotgandi, o'zida kechayotgan kechinmalar sababini bila olmayotgandi.
Negadir shu qizga yordam bergisi kelar, tili zaxar, tannoz, egsa egilmaydigan mag'rur qiz bo'lsada ko'zlaridagi allaqanday dard uni hayolini o'g'irlagandi. Balki bu dard kasalligi uchundir, balkida unga ham bu "qafas"dagi hayot yoqmas... U qizni ikki hafta mobaynida kuzata turib uni chindildan baxtdan, quvonchdan kulganini ko'rmadi.* * * * *
- Obboo, shu yetmay turgandi o'zi.
Isf i ra o'qishdan chiqishi bilan ko'rgan manzarasi unga sira yoqmadi. Sababi institut darvosazi yonida qora sport kiyimida Iskandar unga tirjayib qarab turardi. Qiz uni ko'rmagandek yonidan o'tib ketmoqchi bo'ldi-yu, yigit uning qarshisiga kelib olgani rejasini chipakka chiqardi.
- Salom... qayerga otlandingiz? - Iskandar kesatgandek dedi.
- Uyimga - qocha olmaganidan jaxli chiqqan qiz zarda bilan javob qaytardi.
- Kecha sen bilan kelishib olgandik...
- Hechda, men rozilik bermagandim e'tiboring uchun - yigitni gapini ohirigacha tinglamay bo'lib qo'ydi.
- Men ham sendan rozilik so'ramagandim shekilli - Iskandar qizga huddi o'zidek javob qaytardi.
- Voyyy, bezbetey, nega buncha menga yopishib olmasang-a?
- Gapni ko'p qilma. Ketdik...
- Qayerga? - qiz hayron so'radi - nima men hozir sen bilan ketishimga ishonayapsanmi?
- Ha, hozir men bilan birga ketmasang seni o'g'irlab ketaman... Yon atrofga qarashingni hojati yo'q, qo'riqching allaqachon ketib bo'lgan.
- Sen...
- Tanla, Istirohat bog'iga boramizmi yoki biror shinam kafeda ovqatlanamizmi? - Iskandar qizni gapini ham eshitmay taklif bildira ketdi.
- Qayerdan ham senga yo'liqdim-a? - Istirohat bog'iga bora qolaylik, senga fokus ko'rsataman.
Iskandar qiz gapirib ulgurmasidan uni qo'lidan tutgancha sudraguday bo'lib yura boshladi.
- Hoy qo'yvor qo'limni...bu nima qiliq... sen ahmoqmisan... Qo'limni qo'yvor dedim - Isf i ra qo'lini qancha ozod qilishga urunmasin qilgan harakatlari samarasiz bo'layotgandi.
- Birovning puliga yashash rohatini bilasanmi? - Iskandar unga e'tibor qilmay so'radi.
- E'tiboring uchun men o'g'ri emasman, birovning puliga to'g'rirog'i xarom pulga kun kechiradigan - qiz hozir bu yigitdan qutula olmasligini bilib qarshilik qilishni to'xtatdi.
- Bugun senga shu zavqni ko'rsataman.
Ular katta yo'lga chiqishgach Iskandar taksi to'xtatdi. Ko'zlangan manzillariga yetib kelishgach Iskandar cho'ntaklarini kovlab hamyonini chiqardida Isf i raning qo'liga tutqazib qo'ydi.
- Tasavvur qil ko'ngil ochar bog'ga kelding-u, mazza qilib ko'ngil yozding va bu yerga kelishingdan oldin hamyoningda qancha puling bo'lgan bo'lsa ketayotganingda ham huddi shuncha pul bilan chiqib ketsang -qizning hayron qarab turganiga shunday javob qildi Iskandar.
- O'g'rilik qilmoqchimisan?! - bu gaplardan so'ng Isf i raning ko'zlari kattalashib ketdi.
- Kisavurlik.
Iskandar Isf i riga bir ko'zini qisib qo'ydida qarshisidan kelayotgan erkakga turtilib ketdi.
Besh olti qadam yurgach jilmaygancha qo'lidagi bitta 100 mingtalikni o'ynatib Isf i raga yuzlandi.
- Sen haqiqiy telbasan.
- Ho'sh qaysi atraksionga o'tiramiz?
- Havfsizrog'iga.
Oxiri taqdirga tan bergan Isf i ra Iskandarga qarshilik qilishni to'xtatdi.
- Kechirasiz hamyoningiz tushib qoldi.
Iskandar yana bir "turtilib" ketgan erkakga hamyonini ushlatdi. So'ng qo'liga ushlab olgan ikkita 50 mingtalik bilan Isf i raga qaragancha qoshini qoqdi. Isf i ra unga ensa qotirish bilan chegaralandi. Ular bir qancha atraksionni uchib bo'lishgach ovqatlanish uchun shu yerdagi shinamgina kafega kirishdi. Isf i raning kayf i yati sezilarli darajada ko'tarilgandi.
Qizning ko'zlarida allaqanday porlashni ko'rgan Iskandarning ham kayf i yati a'lo darajada edi. Qizning kayf i yati Iskandarga ham bevosita ta'sir ko'rsatayotgandi.
- Ertaga yana kelaman - Iskandar Isf i rani uyigacha kuzatib qo'yar ekan dedi.
- Boshimga bitgan balo bo'ldingda o'ziyam -Isf i ra ensa qotirib yigitdan uzoqlashdi.
- Hali bir kun menga rahmat ham aytib qolarsan.
- Sabab? Kisavurlik qilib birovning haqqiga meni aylantirganing uchunmi? - Balkim shu uchun balkim boshqa... Uyinga yetib keldik shekilli. Sog' bo'l kuychi qiz...ertaga ko'rishguncha.
- Ko'rishmasak mendanda baxtli inson bo'lmasdi.
- Afsuski bu niyating amalga oshmaydi... Bo'ldi tezroq ichkariga kir.
Iskandar katta did bilan bezalgan temir darvozaga ishora qildi. Isf i ra ham unga ortiqcha gap qilmay ichkariga kirib ketdi.
- Qizim bugun kech qolding, haydovchiga ham javob bervoribsan - mehmonxonada qandaydir kataloglarni tomosha qilib o'tirgan Mahbuba Isf i ra kelishi bilan uni so'roqlay ketdi.
- Aa...h.ha... haligi kutubxonaga kirgandim bilasiz yaqinda oraliqlar boshlanadi shunga...
Haydovchiga kelsak biroz yolg'iz qolgim kelgandi.
Isf i ra hayoliga kelayotgan bahonalarni tartib bilan terib onasiga yolg'on gapirishga majbur bo'ldi. Rostini aytsa bormi uyda naq "qiyomat qoyin" bo'ladi. Yer-u ko'kka ishonmaydigan qizini qandaydir o'g'ri yigitga o'ralashib qolishi, bu ota-onasi uchun fojea!
- Ha yaxshi... Ovqatlanasanmi?
- Yo'q oyi ko'chada ovqatlanib keldim.
- Yaxshi unda xonangga bora qol, biroz dam ol...dorilaringni ichishni ham unutma.
- Ho'p.
Isf i ra xonasiga ko'tarilishi bilan hech narsaga qaramay o'zini yotog'iga otdi. Bugun har doimgidanda ko'p yurgani uni biroz tinkasini quritgandi. Holsizlangan tanasiga orom bag'ishlovchi yotog'ini quchdida darrov uyquga ketdi.
