Bahorning biroz shabadali havosiga mos seren rangidagi ko'ylak va ustiga ko'ylagiga mos yoqali oq ko'ylak tashlab olgan qiz Yapon bog'i darvozasi yonida turar ekan, ora-orada ancha uzoqdan o'zini kuzatib turgan qo'riqchisiga ham ko'z tashlab qo'yardi. Soat 11:15 ammo hali ham yigitdan darak yo'q.
- Salom kuychi qiz!
Isf i ra ortidan eshitilgan tanishga ulgurib qolgan ovozni eshitishi bilan tezda ortiga o'girildi.
- Alik og'ri yigit! Qiz mag'rur bir qoshini ko'targancha alik olib "sening kimligingni bilaman" degandek qarash qildi. Isf i ra yigitni boshqatdan rentgendan o'tkazgandek endi ochiqchasiga boshdan oyoq qarab chiqdi. Bu safar kechagi uslubiga umuman zid holda did bilan yoqali oq ko'ylak bo'yin qismidagi ikkita tugma ochiq holda kiyib olgan, unga monand oq shim va ustki kiyimlaridan farqli o'laroq qora poyabzal.
- Og'ri?! - yigit keng tabassum qilgancha bir osmonga qarab oldida qizni mazah qilgandek gapini davom ettirdi - Topding! Ho'p, gapni ko'p qilmayman sumka qani?
- Imm... Sumkami? Bilasanmi kecha katta bazmda qatnashgandim, o'zing ham guvohi bo'ldingku tog'rimi? - bu safar mazah qilish qiz tarafga o'tdi. Yigit mensimay mazahlab muomala qilishi Isf i raga sira yoqmadi -Shunday katta tashvish oldida sening arzimagan sumkang umuman yodimdan ko'tarilibdi.
Bu gapdan so'ng yigitning tabassumi birdan yo'qolib o'rniga tishlari g'ichirlaganini eshitgan qiz hayolida "bekor qildimmi?" deb ham o'ylab qoldi.
- Ey qiz men bilan o'ynashayapsanmi?
- Isf i ra!
- Nima?
- Ey qiz emas, Isf i ra deb murojat qil. Keyin sen bilan o'ynashib menga zarilmi?
- Zarildirki shu yergacha kelibsan. Mening omonatim senda yo'q ekan nega kelding?
- Umidlanma, o'zinga o'xshagan og'ri deb o'ylama degandim.
- Mening fi krim bilan sening qanday kelishmovchiliging bor?
- Hech qanday.
- Juda tushunarsiz qiz ekansan.
- Borim shu.
- Ho'p, sen bilan suxbatni cho'zib o'tirish niyatim yo'q borda sumkani olib kelib ber -yigit o'zlaridan ancha yiroqda turgan qop qora mashinaga ishora qildi.
- Qulog'ing karmi seni, sumka yo'q dedim.
- Bo'ldi tushunarli, qara - yigit shimining kistasidan ruchka chiqardida qizning qo'lidan tutib nimadirlar yoza boshladi - bu meni raqamim, men bilan judaaa gaplashging kelayotgan bo'lsa keyinroq qo'ng'iroq qil, xohlaganingcha gaplashaman. Hozir esa gapni ko'p qilmada mashinada turgan sumkani olib kelib ber.
- Indamasa o'zingdan ketmayapsanmi? Kim sen bilan gaplashmoqchi?
- Sen! 15 daqiqadan beri maza-matrasasiz gaplaring bilan meni gapga tutib turibsan.
- Hali shunaqami?! Shoshmay tur hali shunday tovbangga tayantirayki.
Qiz zarda bilan ortiga o'girilib mashina tomon keta boshladi. Yigit ham bu o'z nazdidagi "tushunarsiz" qizga ta'sir o'tkaza olganidan sevinib qizning ortidan ergashdi.
- Sumkang ham, xarom topgan puling ham o'zinga buyursin - Isf i ra qo'lidagi sumkani jaxl bilan yigitga qarata otib yubordi.
- Raxmat kuychi qiz, boshidan shunaqa aqlli bo'lganingda shuncha asab bo'lmasdi... Haya yana bir gap og'rini og'ri 'urishi', qaroqchi 'urishi' mumkin, lekin hali ona suti og'zidan ketmagan qizaloq emas. Yana bir qo'shimcha bu mening halol topgan pulim - sumkasini ko'tarib ishora qildi.
- Qizaloqmi? Qizaloq-a? Hali shoshmay tur shu ataganing uchun ham seni tovbanga tayantirmasammi? Politsiyaga topshirmaganimning rahmati shumi?! Endi o'zingdan o'pkala. Meni uchratganing hayotingdagi eng katta xatoying bo'ldi.
Isf i ra orqasiga ham o'girilmay ketib borayotgan yigitning ortidan gapirib qolar ekan, gapirish borabarida miyyasida allaqanday rejalar ham tuza boshladi.
- Isf i ra xonim hammasi joyidami?
- Joyida uyga ketamiz.
1 haftadan so'ng. - Alo, eshitaman.
-...
- Alo, alo kim bu?
- "Seni asab kushandang!" - qiz ichida o'ylagancha kulib telefonni o'chirib qo'ydi. Bir qog'ozga yozib olingan raqamga, bir telefon ekraniga qarab yuzida ayyorona tabassum o'ynatdi.
- Hayotingdagi ikkinchi eng katta xatoying esa menga telefon raqamingni qoldirganing bo'ldi. - Alo, eshitaman.
-....
- Alo, kim bu? Gapirasizmi?
- "Ogoo, telefonda o'zicha madaniyatli gaplashib qo'yarkanmi? Qani sabringizni bir tekshirib ko'raylikchi og'ri janoblari, qachongacha chidar ekansiz" - Alo.
-....
- Hey kim bo'lsang ham o'yin qilishni bas qil.
- Al...
- O'zing birinchi boshlading. Asabni o'ynash mana bundoq bo'libdi.
Isf i ra labini burgancha telefonni o'chirib yotog'i ustiga otib yubordi.
Har yarim soatda qilayotgan qo'ng'irog'iga erinmay javob berayotgan yigitning asablari torayishni boshlaganini sezgan Isf i raning ko'ngli yorisha boshladi. Yigit ko'tarmaganda qayta-qayta qo'ng'iroq qilib ko'tarmaguncha qo'ymasdi. Ko'targanda esa bir og'iz ham gapirmas, yigitning bir necha gapini eshitib miriqib kulgancha o'chirib qo'yardi.
* * * Isf i ra ho'l sochlarini sochiqga artgancha yuvinish xonasidan chiqarkan yotog'ida bemalol telefon titkilab o'tirgan yigitni ko'rib qo'rquvdan baqirib yubordi. Yetmaganiga oyog'i kursiga turtilib yiqilib ham tushdi.
- Hoy sekinroq bu turishda butun uyni ustimizga yig'asan.
Isf i ra yigitning hotirjamlik bilan gapirishidan bir asabiylashsa, yigitning yuzida o'ynayotgan ayyorona tabassumdan bir qo'rquvga tushardi.
- Demak ertalabdan beri asablarimni o'ynayotgan raqam egasi sen ekansanda.
Yigit qizning yoniga kelib bir qo'lidan tutgancha o'rnidan turg'azdi. Isf i ra yigitni xonasida ko'riboq shokka tushib bo'lgandi.
Uni bu yigit uyni qo'riqlayotgan shuncha qo'riqchi orasidan o'tib qanday qilib xonasiga kirib olgani hayratga solayotgandi.
- Hoy qiz nima tilingni yutdingmi?
- Sen... Sen qanday?
- Ha bumi? - qiz nimani nazarda tutganini anglab hozirjavoblik qildi - Oddiy axir o'g'ri bo'lsam bu ishlar menga cho't emas.
Yigit qizdan uzoqlashib qo'llarini keng yozgancha huddi o'zini xonasida turgandek o'zini yotoqqa otdi.
- Xonang chakki emas, uy ham hashamatli.
Juda boy ko'rinasan. Balki bu uyga ham og'rilikka tusharman-a nima deysan? - Men ekanligimni qanday topding? Qiz yigitning gap so'zlariga e'tibor qaratmay so'radi.
- Avval o'zingni epaqaga keltirib ol, ko'zimni o'ynatayapsan. Bu turish o'zimga javob bera olmay qolishim mumkin.
Yigitning gaplaridan egniga qaragan qiz ko'zi chiqib ketgudek bo'lib o'zini darhol garderob xonasiga urdi. Yuvinib chiqqaniyu egniga tungi ko'ylak kiyib olgani qo'qqisdan xonasida paydo bo'lib qolgan yigit sabab umuman yodidan ko'tarilgandi.
- Yaramas, ablax ertaroq aytsang bo'lmasmidi?
- Bo'lardi, lekin istamadim shu holatingda yanada go'zal ko'rinar ekansan.
- Ablax!
- Tiling juda shirinda.
- Tatib ko'rdingmi?
- Imm...yo'q. Lekin tatib ko'rishga yo'q demasdim.
Kiyimlarini o'zgartirib endigina gerderob xonasidan chiqqan qizning yonida bir deganda yigit paydo bo'ldi.
- H.heyyy n.nima qil.qilyapsan? Nariroq tur -yigitning qaltis harakatidan qo'rquvga tushgan qiz uni ko'ksidan turtib changalidan qutulishga urundi.
- Iskandar!
- A.a?!
- Hey emas, ismim Iskandar!
- H.ha yaxshi, y.yo'limdan qoch.
Har nafas olishida yigitni o'ziga yaqinlashib kelayotganidan devorga tiralib qolgan Isf i raning qo'quvi o'rnini hayajonga bo'shatib berib qizni duv qizarishga majbur etdi. - Uyalsang yanada go'zallashib ketar ekansan -yigit qizning gaplariga e'tibor qilmay yanada unga yaqinlashdi. Yigit qizning qizargan yuzlariga, uzun kipriklari pirpirab turgan moviy ko'zlariga, titrayotgan g'uncha lablariga qarab o'zida ham allaqanday o'zgarishni sezdi. Boshini biroz egiltirgancha tim qora ko'zlari bilan qizning yuz ifodasini yanada sinchiklab tekshira boshladi.
Bundan battar hayajonga tushgan qizning yurak urushi tezlashdi. Yuragi ko'krak ostida emas go'yoki quloqlari ostida urgandek bo'ldi.
Nafas olishi ham bir muncha tezlashib, bo'g'zida tiqilib qolgandek bo'laverdi. Bunday holat qiz uchun yaxshilikka emas. Sira ham!
- M.meni taxi.taxikar.diyam b.bor. Mumkin e.mes, il.timos u.uzoqlash - qiz tez-tez nafas olgancha qo'liga taqib olgan soatiga qaradi.
Puls daqiqasiga 150 ga ko'tarilib ketayapdi.
- Hoy, hoy bo'ldi tinchlan, o'zingni bos, mana uzoqlashdim.
Iskandar ikki qo'lini ko'targancha ko'zlari yumilib ketayotgan qizdan tezda uzoqlashdi.
Yuragini ushlab turgan Isf i raga bir muddat qarab turdiyu, xonaning derazalarini katta-katta qilib ochib qo'ydi.
- Yaxshimisan?! Biroz muddat o'tgach qizning qo'l soatiga qaragan Iskandar, yurak urushi sekinlik bilan meyoriga qaytayotganini ko'rib sekingina gap boshladi. Isf i ra gapirish o'rniga bosh qimirlatish bilan cheklandi.
- Kechirasan.
- Hech qisi yo'q, sen bilmaganding... Ho'sh, gapimiz chala qolgandiya... Meni qanday topib kelding.
- XXI asr texnologiyalar asri go'zalim! -Iskandar yana bezbetlik holatiga o'tib olib hotirjam gap boshladi - hakker do'stimga bir iltimos qilgandim yarim soatga qolmay topib berdi.
- Tushunarli... Ho'p bo'ldi - qiz yigitga taslimman degandek qarash qildi - ortiq seni bezovta qilmayman. Endi esa ket. Boshqa ko'zimga ko'rinma.
- Nooo, endi buni iloji yo'q shekilli.
- Nega?! - Isf i ra hayron yigitga qaradi.
- Sen allaqachon meni bezovta qilib bo'lding.
Endigi navbat menga.
- Tushunmadim?!
- Keyinroq tushunib olasan - Iskandar odatiga binoan bir ko'zini siqib derazaga osilib oldi -Ko'rishguncha kuychi qiz, o'zingni ehtiyot qil.
Isf i ra deraza yoniga yaqinlashib goh devorni bo'rtib chiqgan joylariga tirmashib, goh kontitsionerning qurilmasi ustiga tushib uchunchi qavatdan pastga tushib olgan Iskandarning harakatlarini kuzata turib hayratdan yoqa ushladi. Yigit pastga tushib olgach u yoq bu yoqqa bir ikki qarab yugurgancha qorong'ulikka singib ketgandan so'ng ham Isf i ra yigit ketgan tomondan ko'zlarini uzmadi.
- Undan qo'rqish kerak! - Isf i ra qo'lini yuragi ustiga qo'yib sekin pichirladi.* * * *
- Isf i ra xonim!
Isf i ra o'zining sevimli go'shasiga aylangan qahvaxonaning ochiq osmon ostida tayyorlangan joylarning birida ovqatlanib o'tirar ekan, ortidan eshitilgan tanish ovozdan endigina og'ziga solgan luqmasiga tiqilib qoldi.
- Sen?! Jin ursin, qayerdan paydo bo'lib qolding?!
Isf i ra hech narsa bo'lmagandek zumda qarshisida o'ziga suv tutqazib turgan oz muncha tanishga ulgurgan o'g'ri yigitni ko'rib, tepa sochi tikka bo'layozdi.
- Osmondan tushdim!
- Bildik osmonda yurishga juda usta ekansiz, yerda ham yurishni o'rganing yigit! - Isf i ra yigitning qo'lidagi suvni olib bir ho'pladida dedi.
- Men shundoq ham yerda yuraman yaxshi qiz.
- Yerda yurganingni hech ko'rmadimda.
Qachon qarama qarshimda osmondan tushgandek paydo bo'layapsan.
- Buni fokus deya qolaylik.
- Fokus?! Axaxaxa - Isf i ra beixtiyor kulib yubordi - Juda kulguli. Ho'p mayli, ho'sh...? Nega meni bezovta qilayapsan? - Isf i ra bu o'g'ri yigitning maqsadini aniqlashga kirishdi.
- Endigi navbat meniki degandimku...
- Ho'p, bundan maqsad?!
- Hech qanday maqsadsiz, shunchaki zerikishda bir ovunchoq.
- Nima seni bundan boshqa qiladigan ishing yo'qmi?! Shunchaki zerikishdamush-a???
- Bor albatta, lekin seni "bezovta" qilish uchun alohida vaqt ajratganman - Iskandar qoshini qoqish barobarida, ayyorona jilmayib qo'ydi.
- Hoy yigit, ko'p ham asabimni buzaverma o'zinga yomon bo'ladi - Isf i ra yigitning yuzida o'ynagan tabassumni yoqtirmay tahdid qilishga o'tdi.
- Yo'qsa nima qilasan?
- Meni uchratganinga pushaymon qildiraman!
- Yo'g'e - bu safar yigitning yuzida mazhlashdek jilmayish zohir bo'ldi.
- Kuydirilgan kalladek tirjayishing yoqmayapti... - qiz hayoliga kelgan allaqanday f i krdan sekin jilmayib qo'ydi - xullas bugun meni bir xursand qilmaysanmi? Balki meni mehmon qilarsan - qiz stol ustidagi yeguliklarga ishora qilib qo'ydi. Qizning birdan o'zgarib qolganiga hayron qolgan yigit boshini qanday "ho'p" ma'nosida qimirlatganini ham sezmay qoldi.
- Ooo rahmat, haqiqiy jentlmen! Kassaga borib to'lov qilasan... Aa yana bir iltimos besh daqiqaga sumkamni ushlab turolmaysanmi...
Rahmat sen kassaga borib turaver men ham ortingdan yetib boraman.
Qizning rejasidan bexabar yigit to'lov uchun kafega kirishi bilan qiz ortidan qichqirib qoldi.
- O'g'ri...ushlanglar uni, - Isf i ra hozirgina kafe ichkarisiga kirgan Iskandarga ishora qilgancha baqira boshladi - sumkamni olib qochib ketdi... Ushlanglar... Ichida qancha pulim bor axir, politsiyaga qo'ng'iroq qilinglar... O'g'rini tutinglar.
Bir qancha odamlar Iskandarni atrof i ni o'rab olgach, Isf i ra mamnun kulgancha yigitga yaqinlashdi. Haligacha hayron turgan yigitning qo'lidan sumkasini yulqib oldida o'zi va yigitga eshitilarli darajada sekin pichirladi.
- Menga yaqinlashsang bundan battar kulfatlarga yo'liqishingni o'zim kafolatlayman. Chao! - Isf i ra bir ko'zini siqib kafedan chiqib ketdi.
-"O'ziyam olov qiz ekanmi?"
Iskandar hayolidan o'tkazgan gapdan jilmayib qo'ydi.
"Endi mendan qutulib bo'libsan qizaloq"
Iskandar qo'lidan tortqilab ketishsa ham, ortiga qaramay nozik qadamlar ila mag'rur ketib borayotgan qizdan sira ko'zini uzmadi.
Iskandar Isf i ra sababli bir sutka mahkamada o'tirib chiqqach hayolidagi ishni amalga oshirishga kirishib ketdi. Qizni ikki hafta mobaynida kuzatdi. Uy, o'qish va kun ora shifoxonaga borish, qizning kun tartibi edi go'yo. Shunda ham erkinlik yo'q o'qishga ham shifoxonaga ham va orada ovqatlanish uchun boradigan tamaddi xonalariga ham qo'riqchi bilan birgalikda borardi. Bu erkinlikni hush ko'ruvchi yigitga erish tuyulardi, xuddiki qiz uning ko'zida asira edi. Qizning bir zayilda o'tib borayotgan hayotidan zerikishga ulgurgan Iskandar oldiga o'zi uchun bir bemanidek tuyilgan maqsad qo'ydi. Va buni amalga oshirish uchun harakatni boshladi ham.
