9

8 2 0
                                    

***
Bilol uyga õychan holda kirib keldi. Sakiyna undan xavotir oldi. Va unga:
—Tinchlikmi ukajonim , nima bõldi?, qayeringdir oĝriyaptimi?, yoki ustozing urushtimi?! deb sõradi.
Bilol:
—Yõq, hammasi joyida dedi javoban.
Sakiyna:
—Unda nega bunchalar mahzunsan dedi.
Bilol:
—Ustozim otalarini juda soĝinib yiĝladilar, ustozimning kõz yoshlarini kõrib men ham yiĝlab yuboray dedim opa. Bir kun kelib men ham otamni yõqotishimni õylab mahzunman. Ularsiz butun umr yashash u yoqda tursin, bir kun chidolmasligim yodimga tushdi deb yiĝladi Bilol. Sakiynaning ham kõngli bõshab ketdi.
Sakiyna:
—Yiĝlama ahmoqqinam, otam Alhamdulillah hayotlar-ku dedi.
Bilol:
—Barbir bir kun hammamiz Allohga qaytamiz. Otamiz ham, onamiz ham, õzimiz ham. Men doim Allohdan ota-onam mendan ,men ulardan rozi holda bu dunyodan õtishni sõrayman, duolarim qabul qilingan bõlsin deb yana yiĝladi. Sakiyna ukasini ovutish uchun:
—InshaAlloh yaqin orada hofizi Qur'on bõlasan. Ota-onamizning boshlariga sharaf tojini kiygizasan. Shunday  baxt qarshisida turib ham yiĝlaydimi!?. Voyaga yetsang Hajga ham olib borasan InshaAlloh. Ota-onam sendek qori farzandlari borligidan faxrlanishadi. Balki Ka'baga imom ham bõlarsan. Ota-onamiz bizdanda uzoq umr kõrishadi inshaAlloh deb sõzlarini tamomladi.
Bilol:
—Ustozim ham menimcha sharaf tojini otalarining boshlariga kiygizsalar kerak. Ularning kõz yoshlarini ,soĝinchlarini kõrganingizda edi siz ham yiĝlar edingiz. Ular, siz bilan menga:"Alloh sizlardan rozi bõlsin" deb latif lablari bilan yuz-kõzimdan õpib qõydilar. Otasiz bizlarga qiyin-a dedi yuzlariga tushgan yoshlarini artib.
*
Ramozon ham keldi. Bilol ham hofizi Qur'on bõldi. Kechalari taroveh namozlarida xatm qilardi. Ramazon keldi hamki Sakiyna masjidga hech bõlmasa, tozalash uchun ham bormadi. Otasi masjiddagi yigitlarning Sakiynaga qarashlari tufayli qizini  qizĝonib: "masjidda nima yumush bõlsa Bilolning  õzi qiladi, Sakiyna darsini qilsin chalĝitmanglar " degandi. Sakiyna  bu sõzlardan keyin masjidga qadamini bosmadi. Ramazonning uchinchi kuni masjidda iftorlik marosimi bõlib õtishi kerak edi. Sakiyna va onasi u yerni yasatishlari kerak edi. Otasi Sakiynaga onasi bõlgani uchun ruxsat berdi.
Onasi:
—Tezroq tayyorlan ,iftorlikka  oz qoldi dedi. Sakiyna tõq kõk, tõpiĝigacha keladigan keng kõylagini kiydi, qora rõmolini katta qilib kõksini yopib õradi.
Onasi:
— Qiz bolaga õxshab chiroyli kiyinsang-chi, seni kõrgan odam yoshi katta ayolga õxshatadi dedi asabiylashib.
Sakiyna:
—Masjiddagi namozxonlarning menga qarab xayollari qochishini istamayman. Dadam ham masjidga yasanib borishimni xohlamaydilar dedi.
Onasi:
—Bilganingni qil deb xonadan chiqib ketdi. Masjidga borishdi. Rõzalar ochildi. Shom namozi õqildi. Sakiyna juda charchagandi. Kun ham issiq bõlgan, tinkasi ham qurigan edi. Taroveh namozi boshlandi. Imom Niso surasini tilovat qilar edi.  Sakiyna Niso surasini yaxshi yodlab olgandi, imomning "Yaa ayyuhan nas" deb surani boshlashi Sakiynaning quloĝiga "alla"dek eshtildi. Ohista uyquga ketdi . Uzun kipriklari yumildi. Yarim soatdan keyin Sakiynani  onasi uyĝotdi. Sakiyna õrnidan turib, barmoqlari bilan kõzlarini ishqaladi.
"Nima kerak?, nima bõldi "degandek qarab turardi.
Onasi:
—Hamma namoz õqigan paytda masjidning orqa hovlisida bir savat olma turibdi. Olib kelsang ,kelganlarga kesib tarqatamiz dedi.
Sakiyna
— Hozir deb uyqu aralash chiqib ketdi. Orqa hovliga bordi. Savatda turgan olmardan birini olib hidladi. Uyqusi sal ochildi. Va: "Õzingga hamdlar bõlsin, shu kunlarga yetkazding" deb olmalarni olib ortiga õgirildi. Hovliga bir erkak kishi kirib qolib:
—Kechirasiz singlim dedi. Sakiynaning õtakasi yorilib ketdi. Qõlidan savat tushib, olmalar har yoqqa sochilib ketdi.

Qur'on Birlashtirgan Qalblar   ✍Fahriya_YaqubМесто, где живут истории. Откройте их для себя