***
Usmon va Sakiyna tuĝilajak farzandlariga qanday ism qõyish haqida bahslashardilar. Usmon :
—Õĝil bõlsa Muhammad Umar, qiz bõlsa Zaynab qõyamiz degan taklifda tõxtadi. Sakiyna ham bu tõxtamni ma'qul kõrdi. Sakiyna avvalambor Xaliyma honimdan ism qõyishini sõragan, Xaliyma honim esa:
—Bilmadim, bu borada Usmon nima desa shu men aralashmayman deb javob berdi. Sakiyna Usmonning gõzal islomiy ism tanlashini bilgan edi. Sakiyna uy ishlaridan bõshab uylaridagi kutubxonadan kitoblar olib õqirdi. Islom ummatiga ulkan xizmat kõrsatgan sahobiy-sahobiyyalar, nubuvvat xonodonining ayollari haqida õqir, va farzandini ulardek baxtli toifadan bõlishini sõrab duolar qilardi. Kõp Qur'on tilovat qilar, oyatlarning maĝzini chaqardi. Sakiyna har doim Qur'onni xatm qilar, bitta xatmi tugamagunicha Usmon uni õrnidan turgizmasdi. Usmon :
—Farzandimiz Qur'onni tez fursatda yod olishi uchun har kuni Qur'on tilovati bilan mashĝul bõlishimiz kerak der edi. Usmon va Sakiyna farzadlarini tasavvur qilishardi. Usmon:
— Birinchi farzandim qiz bõlishini xohlayman deb qoldi bir kun.
Sakiyna:
—Nega aynan qiz deb yuzlandi eriga.
Usmon:
—Ahmad ibn Xanbal r.a. qiz kõrgan tanishlariga« Unga yetkazinglar Payĝambarlar qizlarning otalari bõladi» derdilar. Avvalo Alloh bizga nima bersa shukr qilamiz. Qiz bola barbir shirin deb õylayman. Fotima onamiz r.a. Rasululloh s.a.v. ning ustilariga mushriklar tuyaning sassiq ichak-chovoĝini tashlashganida qõrqmay borib uni olib tashlaganlar. Yana mushriklarni qarĝab ham berganlar. Õsha paytlarda onamiz kichkina qizaloq edilar. Mening ham shunday qizim bõlsa yomonmi dedi Sakiynaga kulib. Sakiyna ham:
— Tõĝri aytasiz ummatga nusrat keltiradigan qizimiz bõlsa yomonmi deb tabassum qildi. Sakiyna bolasini dunyoga keltirib vafot etgan onalar «shahidlik» maqomiga erishishini kõp bor takidlar:
—Alloh menga ham shunday maqom bersin deb Usmonga hazil qilardi . Bu sõzlar Usmonning kapalagini uchurib yuborar, Sakiynadan ayrilishni hatto tasavvur ham qilolmas edi.

ВЫ ЧИТАЕТЕ
Qur'on Birlashtirgan Qalblar ✍Fahriya_Yaqub
RomansaOisha onamiz (roziyallohu anxo) aytadilar: "Ayollarning yaxshisi ansoriya ayollardir. Dinni teran o'rganmoqlari uchun ularga xayolari monelik qilmaydi" P.S. Автор: ✍Fahriya_Yaqub