30

3 2 0
                                    

***
Ilyosning oilasiga kõrsatilgan yordamdan ikkisi ham shod edilar. Masjidga yõl olisharkan qalblarida shirin tuyĝu jõsh urardi. Haqlariga qilingan xolis duodan õzga sharaf yõq deb õylashardi. Masjid eshigidan kirisharkan,«Bismillah» deya barobar qadam bosishdi. Kutubxonadagi õsha kitobni izlardi Anas. Topib uni varoqladi. Kitobning nomi qalblarni uyĝotadigan nom edi, «Õlimdan sõng». Foniy dunyo ne'matlariga aldanib, oxirat safariga hozirlik kõrishni unutib qõygan bandalarga haqiqiy hayotni eslatuvchi kitob. Kitobni õqir ekan bir sõzga kõzi tushdi« Allohning azobidan qõrqib yoshlangan kipriklar qiyomat kunida Allohga:« U sening azobingdan qõrqib yosh tõkdi» deb guvohlik beradi. SubhanAlloh  Allohning azobidan qõrqib namlangan kiprik qiyomat kunida tilga kirib shafoat qilsa. Anasning miyasiga bir nido yashin tezliigida urdi «qachon Allohning azobidan qõrqib yosh tõkdim?!» . Bu savolga javob topolmagandek boshi tentirardi. Usmonga ham shu savolni berdi. Õzidan axtarib topolmagan javobni balki Usmon topgandir deya. Usmon ham bu savoldan eti jõnjikib:
— Yiĝladik, qõrqdik va unutdik. Inson õzi yengil tabiat uch kun yiĝlaydi. Keyin unutadi. Ammo biz unutganimiz bilan Alloh unutarmidi?!. Onamiz õlsa yiĝlaymiz, otamiz õlsa yiĝlaymiz. Biroq ota bolani, aka ukani, opa singlisini unutib qochadigan kun uchun, u kunning daxshatidan, gunohlarimiz kasridan quloĝimizning yumshoq joyigacha keladigan terlarimizga kõmilib azoblanishimizdan qõrqmadik, yiĝlamadik deya javob berdi. Anasning kõzlari yoshlarga tõldi va:« Alloh menga « ey Anas sen jannatga loyiq emassan » demasmikan. Umrim Undan xavf qilishga chaqirib, qalbim esa bu xavfdan bexabar õtmadimikan.
Naqadar gõzal qõrquv emasmi. Bu dunyoda hech narsa Allohning azobidan qõrqib tõkilgan yoshchalik qiymatli bõlmasa kerak. Ey dunyo matoxlariga aldangan inson sen ham qalb  kõzingni och va nazar sol ,shunda bu dunyo qanchalar soxta ekanini kõrasan.

Qur'on Birlashtirgan Qalblar   ✍Fahriya_YaqubМесто, где живут истории. Откройте их для себя