2

20 3 0
                                    

***
Yõlda ukasi Bilolni kõrarkan, u ham Sakiynani korib, dar hol yirtilaverib yamalaverib ado bõlgan kiyimining changini qoqa ketdi. Sakiyna yana ham tezlashib, unga yaqin keldi:
-Nima bõldi senga, nega usting chang bõlib yotibdi, deb sõradi.
Bilol kulgancha:
-Eh sõramang, tuproq olish uchun tepalikka chiqqandim chelagim oĝirlik qilib yiqilib tushdim,
Sakiyna ozĝinligigan qovurĝalari sanalib yotgan Bilolning sochlaridan silab, yuzlarining changini rõmolining bir cheti bilan artib, uning yanoqlaridan õpib qõydi.
Bilol:
-Opa nima qilib yurubsiz kõchada?
Sakiyna:
-Uyni tozalab, endi masjidga dadamga yordam bergani ketayapman, dedi.
Va Bilolga:
-Tezroq uyga borib chelakni tashlab kel birga masjidga boramiz, sen ham yordam berasan, dedi.
Bilol shoshgancha uyga qarab yugurib ketdi. Sakiyna esa uni kutib turardi. Birdan shamol esdi. Sakiynaning kõylagi va rõmoli shamolda hilpirar edi. Yumushlardan toliqqan Sakiyna shabadada õzini yengil his qildi. Kuch va ĝayratga tõlgandek bõldi. Aslida Sakiyna hech qachon mehnatdan qochmasdi. Hamma ishlarni chin kõngildan bajarardi. Ayniqsa u masjiddek Allohning dargohida har qanday xizmatga tayyor edi. Lekin tinimsiz mehnat,faqirlik, yomĝir yoqqandagi uyning ahvoli Sakiynaning ba'zida nolib qolishiga sabab bõlardi. Buning ustiga ertalab nonushta ham qilmagan edi. Ochlik Sakinaning tinkasini qurtgan edi. "Masjidga borsam biror nima yeb olarman" degandi. Bilol ham keldi. Birga masjidga ketishdi. Masjid hovlisida dadasi yerga tõkilgan barglarni supurardi. Imom kelib qolmasdan masjidni tozalab qõyishi lozim edi. Bilol va Sakiyna hovli supurayotgan dadasiga salom berdilar. Ota ularni kõrib xursand bõldi va:
-Va aleykum kelinglar dedi. Ota ularni masjiddagi xonasiga olib kirdi:
-Shu yerda õtirib turing dedi. Õzi esa masjiddagi muzlatgichdan ovqat va mayda-chuydalar olib keldi. Bolalarining ochligini sezgan ota gazga choy qõydi. Bolalarning odobi ochlikdan ustun edi va ikkisi ham :
-Biz tõqmiz dadajon ovora bõlmang dedilar. Ota:
-Bilaman, ammo masjidda qiladigan ishimiz juda kõp, shuning uchun yaxshilab qorin tõyĝizib olishimiz kerak, dedi. Bolalar ovqatlanib bõlgach, fursat õtkazmay ishga tushib ketishdi. Sakiyna masjidni tozaladi, joynamozlarni taxladi, oynalarni artdi. Hamma ishni qilib bõlgach mushk sepdi. Mushkning ifori butun masjidga taraldi.
Masjidga yangi imom tayinlangan bõlib, masjidni kõzdan kechirish uchun kelishi kerak edi. Yarim soatlardan keyin imom masjidga keldi. Masjidning yaxshi holda ekanini kõrib, Sakiynaning dadasiga rahmat aytdi. Nur yuzli bu yigitni bir kõrgan kishi odam bolasiga õxshatmasdi, misoli hazrati Yusufdek gõzal, kelishgan, odobi va ilmi bilan har qanday kishini maftun qilib qõyardi. Õzi yosh bõlishiga qaramasdan taqvo,ilm va yaxshiliklarda birinchi bõlishga harakat qilardi. Uning ismi Usmon edi. Usmon Qur'on hofizi bõlishi bilan bir qatorda xadis ,fiqh, va aqoid bõyicha ham peshqadam edi. Usmonni kõpchilik hurmat qilar, hatto yoshi uluĝlar ham uni "ustoz" yoki "shayx" deb chaqirardi. Insonlarning muhabbatiga uning kamtarligi, axloqi sabab bõlardi. Usmonni odamlar "ikkinchi Usmon" deb atashardi. Xuddi tirik Qur'on kabi edi.
Sakiynaning otasi Usmonning masjidida qoravul bõlib ishlardi. Shuning uchun masjidda yashar, oilasidan esa xabar olib turar edi.
Usmon masjidga kelishidan yarim soat oldin Sakiyna uyga ketgan, Bilol esa otasi bilan yangi imomni kutib olish uchun qolgandi. Usmonni kõrgan Bilol uni juda yaxshi kõrib qoldi. Avval hech qachon bunday odamni kõrmagandi.

Qur'on Birlashtirgan Qalblar   ✍Fahriya_YaqubМесто, где живут истории. Откройте их для себя