45

1 0 0
                                    

Sakiyna uchun Usmonsiz tun shunchalar uzun edi-ki,  tong otishi imkonsizdek tuyulardi. Nima qilyapti?! Qayerda yotibdi?! Nima yedi?! Qish ham bir oydan sõng boshlanadi, sovuq ham tushgan, Zaynabni bir kun kõrmasa soĝinib qolardi? Hozir qanday chidayapti ekan? degan savollar oĝushida kõzlari uyquga bazor ketdi. Ozgina uxladimi yõqmi tushida Usmonni kõrdi. Zaynabni kõtarib hidlab uni ehtiyot qil deb uning qõliga tutkazdi. Sakiyna uyĝonib ketgan, yonida Zaynab yiĝlab yotardi. Õrnidan turib uni qõliga oldi, yelkasiga qõli bilan  mayin silkitib Zaynabni uxlatdi. Õzi ham unga qõshilib yiĝlab yubordi. Tun shunday behalovat õtdi.
Usmon qamoqxona darchasidan tushib turgan oy nuriga tikilib õtirar, oilasini soĝingandi, ayniqsa  onasi Sakiyna va Zaynabni, ular qanday ahvolda ekanini õylardi. Onasining qõrquvdan  titragan qõllari xayolida bir on bõlsin ketmasdi. Qaysi ona farzandini shunday ahvolda kõra olardi, axir.  Zaynabchi, har kuni tunda uyĝonib oladi-ku, unga Qur'on õqib beradigan odam yõq bõlib qolganini sezarmikan?! savollar ichini ĝash qilib yuborgandi. Tahorat olib , yopinĝichini zah yerga soldi, va ikki rakat sabr namozi õqib, qõllarini duoga ochdi:
«Allohim sen meni õzimdan ham yaxshiroq bilguvchi zotsan. Yusufni quduqdan, Yunusni baliqning ichidan, Ibrohimni olovdan qutqargan Zot. Õzing menga sabr ber, sening yõlingda zindonband etildim degan maqom bilan õzingga yuzlanishimni va jannatda jamolingni kõrishimga kafl bõlgin. Albatta õzing õta hikmatli zotdirsan, amiyn» deya duo qildi. Qalbidagi ĝashliklar parchalanib ketgandi. Sajdaga bosh qõyib« men ularni tushundim, men ularni kechirdim, Allohim sen ham mening gunohlarimni avf et » deya pichirladi. Usmonning bu harakatlariga ajablanib qarab turgan sherigi, u bõlgach:
—Nima qilyapsan deb sõradi.
Usmon u yigitga qaradi, va indamadi.
Yigitning õzi:
—Namoz õqiding shundaymi?! dedi.
Usmon:
—Ha namoz õqidim dedi va yigitga yana qaradi:
—Sen namoz õqimaysanmi ?! dedi.
Yigit kulib yubordi:
— Men bu joyga kõp bor kelganman. Uzoĝi besh kun õtirib, pora berib chiqib ketaman, senga õxshab ahvolim tang emas dedi.
Usmon ham kuldi:
—Meni ahvolim tang ekanmi yo senikimi?! dedi.  Aslida Alloh seni  ahvolingni tang qilib qõymadimikin dedi.
Yigit jahl qilib:
—Õzingni oppoq deb õylayapsan choĝi, agar oppoq bõlganingda bu yerga tushmasding dedi.
Usmon:
—Qayerda yozib qõyibdi, faqat aybdorlar qamaladi deb,  dedi kulib.
—Agar shunday bõlganda Yusuf a.s. ham qamalarmidilar dedi.
Haligi yigit jahlidan tushib:
—Õzi nimaga qamalding deb sõradi.
Usmon:
—Alloh bilguvchi men bilmayman deb javob berdi.
Yigit:
—Õĝirlik qildingmi?! dedi.
Usmon:
—Yõq dedi yigitga.
Yigit:
— Unda odam õldirdingmi?! Qimor õynadingmi?! Yoki ayol bilan fahsh ish qilyotganingda qõlga tushdingmi?! deb sõradi.
Usmon:
—Yõq deb javob berdi uning barcha savollariga.
Yigit:
— Bõlmasa, qaysi aybing uchun qamalding dedi.
Usmon :
—Terroristlikda ayblandim deb qaradi yigitga.
Yigit õzini bosolmay baland ovozda kulib:
—Qaysi kõr aytdi buni. Kõrinishingdan qõydek yuvoshliging bilinib turibdi-ku. Yo haqiqiy  terroristni izlashga erinib, seni tiqib qõyishdimi. Agar sen terrorist bõlsang unda men Mahmud ismimni boshqa qõyaman dedi.
Usmon:
—Muhabbati buyukning imtihoni ham buyuk bõlarkan dedi.
Anchagacha birga suhbatlashib, hayotlarini bir-biriga gapirib berdilar.
Mahmud hayotini gapirib berarkan, Usmon hayratdan yoqasini ushlagandi.
Mahmud:
—Õn yetti yoshimda otam bilan qimorxonaga borardim. U yerda yutmaganimcha qimor õynar, garovga katta-katta narsalarni tikardim. Ha deb garovga narsa  tikaverganimdan suyukli otam xonavayron bõldi. Bar bir voz kecholmadim, omadim kelib eng katta yutuqni yutib oldim. Pullarim bitta qimorxona ochishga yetganidan keyin, õn sakkiz yoshimda qimorxona egasi bõldim. U yerda bangilar uchun bangixona ham bor edi. Ayollar deysanmi hammasi. Ba'zida  qimorxonamga taniqli odamlar, davlat ishida ishlaydiganlar ham  kelib turar edi. Ularni mast qilib pullarini shilardim. Ular ham meni qimorxonamni yaxshi kõrardi. Onda sonda tekshiruvmi, bosqinmi bõlsa oldindan ogohlantirib qõyishardi.
***
Nomlarini sotib qõymasligim uchun , qamoqdan ham pora berib chiqarib olishardi. Bir kuni qimorxonani tasodifan bosishdi.  Besh kun õtirsam bõldi,akaxonlarim  chiqarib oladi. Senchi biror tanishing yõqmi, bu yerda tanishing bõlmasa ona sutingni oĝzingdan keltirishadi deb qaradi Usmonga.
Usmon:
—Hech qanday tanishim yõq. Allohdan boshqa suyanchning menga keragi ham yõq dedi.
Mahmud:
— Ha õzing bilasan. Agar yordam kerak bõlsa meni aytvorsang bõldi dedi.
Usmon yana kulib:
— Õziga ham yordam berolmaydigan odam qanday qilib menga yordam bera olsin dedi.
Mahmud:
—Hey bola, kim bilan gaplashayotganingga qara! Kimsan Mahmud turibdi qarshingda dedi.
Usmon:
—Õsha Mahmud qabrga kirmaydimi?! Munkar va Nakiyrning savoliga tutilmaydimi?! Dunyoda fahshdan quvongan kõzlari qabrda yuziga oqib tushmaydimi?! Qudrati puli qabrda ham qiymatlimi?! dedi. Mahmudga ilk bor bu gaplar aytilgandi, xuddi õlmaydigan odamdek sõzlagan edi-da Usmonga. Umrida qabr azobi haqida fikr yuritmagan, eshitsa ham jiddiy qabul qilmagan edi. Usmonga ĝazab nigohida õqraydi.
— Sen ham sõzlachi hayotingni eshitaman, oq otdagi shahzoda dedi.
Usmon hayotini Mahmudga sõzlab bera boshlladi. Otasining onasining ustozlarining nasihatlarini, dardga yõliqqani, tushida õlimini kõrganini aytib berdi. Navbat Sakiynaga kelgandi, uhaqida gapirar ekan, qanchalar sevishi, soĝingani kõzlaridan, sõzlaridan namoyon bõlib turardi. Nikohdan avval bir -birlari bilan harom suhbat qilmaganliklarini sõzlar, iymon va islom, ilm yõlida yelkadoshligini maqtanib aytib berdi. Mahmud uning hikoyasini eshitar ekan:
— Nahotki , bu voqealar hayotingda bõlgan bõlsa, yoki meni ishontirish uchun yolĝon sõzladingmi?! dedi.
Usmon kulib, rost sõzlayotganini aytdi. Bir xonada ikki mahbus, hayot yõllari ham ikki xil, biri fahsh, fitna, fasodga qorishib ketgan hayotda xur, biri esa Allohga qullik qilib , aybdor  suratida õtirgan inson.

Qur'on Birlashtirgan Qalblar   ✍Fahriya_YaqubМесто, где живут истории. Откройте их для себя