***
Usmon va Sakiyna jajji Zaynabni yer-u kõkka ishonmasdilar. Zaynab tunlari uyĝonib yiĝlar, Usmon Sakiynani dam olishi uchun Zaynabga qarar, Qur'on õqib berardi. Zaynabning toza fitratiga Qur'on shunday joylashardi. Injiqlanib yiĝlayotgan Zaynab otasining qiroatini eshtishi bilan kõnar tõxtab qolsa yana yiĝlardi. Kichik Zaynab ayniqsa «Yusuf» surasini yaxshi kõrar, Usmon «Yusuf»surasini qizi uchun yanada gõzal tilovat qilardi. Zaynab ham otasidan ham onasidan gõzallik olgan edi. Qosh-kõzi Usmonikiga juda õxshar, tim-qora,yuzlari tiniq oppaq uni kõrishga kelgan odamlar, hali bir parcha gõsht bõlgan bu qizni kõrib:
—Qoshlarini qalam bilan bõyadingizmi deb suyushardi. Bola bu maqtovlardan keyin injiqlanib qolar, ota-onasi uni hammadan qizĝonishar edi. Chaqoloqni odamlarga kõrsatishdan oldin maxsus duolar õqirdilar. Zaynabning dunyoga kelganiga bir hafta bõldi. Buvisi uni juda sevar, Sakiynaga ham:
—Bu bola endi meniki, õzingizga boshqa bolalaringiz bõlaveradi deb õpib tõymasdi. Juma kuni Usmon Zaynab uchun aqiyqa qilib qõy sõydi. Yaqin dõstlari Anas va Aliy ularning ayollari Xosiyat va Sumayya ham kelishgan Zaynabni yaxshi kõrib qõllaridan tushurmasdilar.
Xosiyat:
— Zaynabni õzim kelin qilaman, mening Hasanimga juda mos deb õĝlini kõtsatib kuldi. Yosh bola hech narsani tushunmay onasini Zaynabdan qizĝonib yiĝlay boshladi. Sumayya Xosiyatga õĝlini berib qõlidan Zaynabni oldi va:
— Seni õĝlingdan kõra kõproq mening Abdullohimga mos-a, nima deysiz Sakiyna quda bõlamiz-mi?! deb u ham kuldi.
Sakiyna:
—Hali ulĝaymay turib xaridoring kõp bõldi-ya qizim deb Zaynabni yuzlaridan õpdi va:
—Dadasi «Zaynabni olima qilamiz, uch yoshida Qur'onni yodlataman, besh yoshida Muslim va Buxoriyni yodlab bõladi» deydilar , xayolini hozirdan chalĝitmanglar, dedi dugonalariga kulib. Hamma baxtiyor edi, Ilyos ham Usmonni tabriklab, xizmat qilib yurardi.
***
Chamasi soat ertalabki õn-õn yarimlar atrofida, hamma bir biri bilan ovora, ayollar bolalarni endi uxlatib, gaplashib õtirardilar. Birdan eshik qattiq taqqiladi.
Ilyos:
—Õzim ochaman deb Usmonni õrnidan turĝizmadi. Eshikning yoniga borib:
— Kim deb sõradi.
—Soliqdan keldik degan javob bõldi.
Usmon hayron bõldi, soliqlarning hammasini õtgan oyda õzi tõlab kelgandi.
Usmon:
—Nega kelishdi ekan, mayli och eshikni deb ruxsat berdi. Ilyos eshikni ochishi bilan ichkariga õn-õn besh kishi otilib kirib, hamma joyni õrab olishdi. Bechora eshik ochgan Ilyosni turtib yerga yiqitishdi. Bu ham yetmagandek tintuvga ruxsatnomalari borligini kõrsatishdi. Ular Usmonni õrab olishgan, uning uyini tintuv qilishardi. Usmon dovdirab qolgan xuddi tush kõrayotgandek edi. Yana uchta erkak va ikki ayol uyning ichkarisiga kirmoqchi bõldilar. Usmon hech qanday qarshilik kõrsatolmadi. Ular uyning ,har chetini, yotoqxonalarni titib, ayollar õtirgan xonaga tõppa-tõĝri bostirib kirib kelishdi. Sakiyna ustiga beshta begona erkak bostirib kelganidan qõrqib ketdi:
—Senlarga nima bor, yõqollaring ifloslar !!!deb baqirdi. Bu ovozni eshitgan Usmon qanday yuqoriga chiqib qolganini bilmas, tizzalari qaltirardi. Bolalar ham uyĝonib yiĝlab yuborishgan edi. Ikki ayol kelib:
—Singlim õzingizni bosing deb uni tinchlantirmoqchi bõldilar. Ular:
—Eringiz terroristik guruhlarga yordam berganlikda gumon qilinmoqda , shuning uchun tintuv qilyapmiz deyishdi. Ulardan bittasi:
—Bu yoqqa kelinglar topdik deb qolganlarini kutubxonaga chaqirdi va qõlidagi kitobni Usmonga kõrsatib:
—Bu nima?!deb õqtaldi. Usmon bu kitobni ilgari kõrmagan edi:
—Bilmayman deb javob berdi. Haligi odamlar:
—Biz bilan borishingizga tõĝri keladi,deb chõntagidan kishanni chiqarib, Usmonning qõllariga taqdi. Usmon Zaynabni kõtarib, yiĝlab turgan Sakiynaning peshonasidan õpib, Zaynabni hidladi va:
—Kuchli bõl, gulim kuchli bõl biz uchun deb vidolashdi. Sakiyna qõlidagi Zaynabni Xaliymaga berib, õzi hovli tomon yugurib ketdi. Sakiynani zõrĝa tõxtatib qolishdi.
Oh gulim...oh
ВЫ ЧИТАЕТЕ
Qur'on Birlashtirgan Qalblar ✍Fahriya_Yaqub
RomansaOisha onamiz (roziyallohu anxo) aytadilar: "Ayollarning yaxshisi ansoriya ayollardir. Dinni teran o'rganmoqlari uchun ularga xayolari monelik qilmaydi" P.S. Автор: ✍Fahriya_Yaqub