36

3 2 0
                                    

***
Sakiynaning oilasidan rozilik javobi berulguncha Usmon kutishdan õla yozgandi. Asosiy vaqtini namoz,Qur'on bilan õtkazar, xayrlisi juft uchun duolar qilardi. Bir kuni onasi telefonda uning oilasi bilan gaplashar, Usmon javobni eshitmaguncha onasining yonidan qimirlamasdi. Onasi nihoyat kutilgan javobni aytgach, vaqtni chõzmasdan  Usmon tayyorgarlikni boshlab yubordi.Dastlab ĝusl qilib, egniga gõzal kiyimlarini kiydi, eng xushbõy atirini sepgach, saqolini tarab eng yaxshi kõradigan dõppisini kiydi. Kelin uchun bir talay sovĝa salom va  vakil sifatida singlisini olib Sakiynaning uyiga yõl oldi. Yõlda gul dõkoni yonida tõxtab, icharidan tõqson tõqqiz sal kam yuzta qip-qizul atirgullar olib chiqqach yuragi tezroq halolining yoniga chorlab shoshardi.  Sakiynaning uyiga kelishgach, mehmonxonada Sakiynaning kelishini kutib õtirardi. Yarim soatdan sal õtib yuzi nurga tõlib bir qiz sekin mehmonxonaga kirib keldi. Usmon tortinib õtirmay:
— Buncha qolib ketdingiz dedi uning yuziga kulib qarab. Sakiyna dovdirab qolgan, umrida birinchi bor uchrashuvga chiqqan edi-da. Uyalib:
—A... Ha darslar chõzilib ketdi shunga deya oldi xolos.  Keyin:
— Voy aytgancha assalomu aleykum deb salom berdi yanoqlari lovullab.
Usmon:
— Istihora qildingizmi deb sõradi.
Sakiyna hayajonlanib rõmolining chetini ushlagancha:
—Ha dedi.
Usmon:
— Nima bõldi dedi.
Sakiyna :
— Xayrlisi shekilli shu yerda õtiribmiz dedi tabassum qilib, keyin Usmondan:
—Sizchi?! deb sõradi.
Usmon ham tabassum bilan:
—Xayrlisi shekilli yoningizda õtiribman dedi. Sakiyna kulib qõydi va sekin boshini kõtardi-yu, Usmonning unga termulib turgan nigohlari bilan qarshilandi. Kõzini Usmondan olib qochib yana yerga qaragancha:
—Sizdan bir narsa sõrasam maylimi?! dedi. Usmon xursand ohangda:
—Sõrang dedi. Sakiyna chuqur nafas olib:
— Men Qur'onni tõliq xifz qilmaganman. Yarmini yodlay oldim, siz bõlsa hofizi Qur'onsiz  ayolingiz bõlishga munosib emasman deb qõrqaman dedi.
Usmon:
— Kimga kim munosibligini Alloh biladi. Tõydan keyin qolganini men bilan yodlaysiz,õzim ustozlik qilaman dedi Sakiynadan kõzini uzmay.
Usmon yana:
—Nafaqat Qur'on balki xadis, fiqh, aqoid, nahvdan ham ustozlik qilsam nima deysiz dedi. Sakiyna quvonib ketib:
— Nahv va aqoid keyin arab tili grammatikasini ham õrgating dedi barmoqlari bilan sanab. Usmon Sakiynaga qarab kulib yubordi va:
— InshaAlloh õrgataman dedi. Sakiyna yana yerga qarab oldi. Usmon uning nur taratgan yuziga tikildi va:
— Men ham sizga bir narsani aytsam bõladimi dedi.
Sakiyna:
—Ayting dedi.
Usmon:
—Sizni yaxshi kõraman dedi. Sakiyna bu sõzlarni eshitib yiĝlab yuboray dedi. Usmon Sakiynaga atirgullarni berib:
—Sizni taqdirimga yozgan Allohga hamdlar bõlsin dedi. Va mehmonxonadan chiqib Sakiynaning onasiga:
—Endi biz tura qolaylik deb singlisi bilan uydan ketishdi. Onasi ularni kuzatgach, qizi õtirgan mehnonxonaga kirdi. Sakiyna gullarni quchgan holda yiĝlab õtirardi, onasiga bõlib õtgan suhbatni gapirib berarkan:
—Allohim men munosib bõlmagan ne'matlar bilan siylab meni uyaltirdi deb xursandligidan olamlarga siĝmas, Usmon ham uning naqadar hayoli ekanidan quvonar Allohga hamdlar aytardi. Ikki oshiq tõy kunini intiqlik bilan kutar edilar.

Qur'on Birlashtirgan Qalblar   ✍Fahriya_YaqubМесто, где живут истории. Откройте их для себя