24

6 2 0
                                    

***
Hayit Kuni masjidda katta ziyofat õtkazildi. Sakiyna va onası  bayramga kelgan ayollar bilan kõrishib qutlashardi. Ayollarning ichida bir ayol õzgacha nigoh bilan qarab turardi Sakiynaga. Sakiyna u ayolni taniy olmadı. Õzgacha gõzallik va nafosat sohibasi bõlgan bu ayol kim?! Muhabbat tõla mehrli boqib turgan bu ayol kim õzi?!...Nega aynan Sakiynaga termulib qolgan. Sukunatni  Sakiynaning onası buzdi:
—Sakiyna, Xaliyma xolangni tanımadıngmi?!-dedi qiziga.
Sakiyna onasiga jilmayib qõyib:
—Shunday ayolni tanimay bõladimi, Usoma hazratlarining ayollarini, uzr uzoq yillar kõrishmaganimizga biroz taniy olmadim - dedi yuzi qizarib.
Usmonning onasi Sakiynani quchib, peshonasidan õpdi:
—MashaAlloh, ĝoyatda gõzal qiz bõlibdi, tarbiyali qizligi bilinib turibdi. Necha yillar oldin mana shu masjid xovlisida õynab yurgan qiz, naqadar gõzallashib ketibdi. Alloh nazarlardan saqlasin- deb Sakiynani maqtadi.
Sakiyna ham mamnun bõlib uning qõllarini õpdi.
*
Usmon aytganini qildi. Masjidda qoravullikni õzi bajardi. Aksiga olib masjid tuni bõyi sovuq bõlib, yomĝir yoĝa boshladi. Yomĝir kuchayib, masjidning tomlaridan chakki õta boshladi. Usmon esa sõzida qat'iy turib õsha kuni masjidda tunadi. «Alloh yõlida ozgina aziyat cheksam  chekibmanda» deb sovuq haroratga sabr qildi. Va ertasi kuni qattiq shamollab qoldi. Lekin avvalo masjidning tomini yaxshilash uchun ustalarni  chaqirdi. Ustalar tomni ta'mirlashar edi. Tushlik vaqti kirishiga bir soat vaqt qolgan edi. Bilol onasi va opasi bilan masjidda ustalarning taomini tayyorlashayotgan edi. Onasi qozonga yoĝ tashlab, Sakiynaga:
— Yertõlada bir yashik piyoz turgandi, ovqatni boshlamasimdan olib chiq, keyin ustalar chiqib qolmasin,- dedi.
Sakiyna zinadan yertõla tomon tushib bordi, yertõladan piyozni qidirdi. Axiri topib, yashikni qõliga oldi. Zina tomon yuqoriga edi, kimdir yertõlaga qarab kelayotgan edi. Ovozidan erkak kishiga õxshardi.
—Asal dardlarga davo deydilar, asalli choy ichsam yõtalim ham tuzalib qoladi inshaAlloh deb tobora yertõlaga yaqinlashib kelardi. Sakiyna titrab nima qilarini bilmay yashikni qattiq ushlab olgan edi. Eshikdan Usmon kirib qoldi. Sakiyna yashinishini bilmay, kõzlarini chirs yumib oldi. Gõyo yosh bolalar berkinmachoq õynayotganda hech kim kõrmaydi deb õylab kõzlarini yumib olganlari kabi.
Usmon Sakiynaga kõzi tushishi bilan
—Astaĝfirulloh deb orqaga õgirilib u yerdan chiqib ketdi.
Va u yerga qaytib kirmadi, kirishidan oldin eshikni taqillatadigan, javob bõlmasa u yerga kiradigan bõldi

Qur'on Birlashtirgan Qalblar   ✍Fahriya_YaqubМесто, где живут истории. Откройте их для себя