35

2 2 0
                                    

***
Ertasi kuni asrdan oldin  Usmonning onasi  Sakiynaning uyiga sovchilikka bordi, eshikni onasi ochib, ochiq Xaliyma honimni  chehra bilan kutib oldi. Mehmonxonaga taklif qilar ekan nima maqsadda kelganini anglay olmadi Sakiynaning onasi.
Duo qilib bõlishgandan sõng Xaliyma:
—Qizingizning ilk marta kõrganimdayoq tarbiyali qiz ekanini bilgandim. Biz bilan kõp oilalar qarindosh bõlish taklifi bilan chiqar, õĝlim har safar rad qilardi. Qizingizni kõrsatashim bilan chehrasi ochildi. Õĝlimning chehrasini kõrib,  bizdan boshqaga berib yubormasin deb sovchilikka keldim. Ertagayoq boring deganiga oyoĝimni qõlimga olib kelyapman dedi kulib.
Sakiynaning onasi ham kõzlarida yosh bilan:
—Shuncha yil qiz õstirib, qanday joyga tusharkan deb õylarkansiz odam. Qizimga ham ancha joylardan namzodlar chiqdi. Dadasi ikkimizning kõnglimiz hech biriga tortmadi. Shu qizimni kelin emas, qiz deb qabul qiladigan xonadonga turmushga bersam, baxtini kõrib kõzim quvnasa derdim. Dedi kõzlarini ishqalab.
Xaliyma honim:
— Men ham doim shunday deyman. Kelin olsam, kelin emas qizimdek kõray deyman. InshaAlloh taqdir bõlsa qizingizni qizimdek kõraman,istixora qilib kõringlar dedi yiĝi aralash kulgu bilan.
Suhbatlari tugab , olib kelgan sovĝalar va shirinliklarni Bilolga berdi.
Sakiyna õqishdan uyiga qaytgan uyda hech kimning tovushi eshitilmasdi. Mehmonxona tomon yõnaldi. Mehmonxona qoronĝu bõlgani uchun chiroĝni yoqdi. Kõzlari turli-tuman sovĝalar va shirinliklar bilan birga mehmonxonaning tõrida  õylanib õtirgan onasiga tushdi. Onasining yoniga õtirib:
—Tinchlikmi onajon sizga nima bõldi dedi xavotir olib. Onasi unga Usmondan sovchi kelganini aytdi. Sakiyna barmoqlari bilan sekin yuzini chimchiladi. Tush kõryapman deb õylardi õzini. Hamma shod-hurram edi. Bu taklif oila a'zolarining barchasiga birdek ma'qul kelgan, hammalari istihora namozini õqir bir-biridan xayrli tushlar kõrishardi. Ularning orasida Bilol juda xursand bõlar, opasining oldida aylanib:
—Men sizga nima degandim. Kõrdingizmi Alloh mening duolarimni ijobat qilibdi der edi.  Sakiyina ham osmonlarda uchardi. Har gal istihora namozini õqib bõlgandan keyin, tushida Usmonni daxanigacha suv bilan kõmilgan dengizda kõrar, tushining ta'biri juda xayrli ekaniga ishonardi.
—Dengiz bu -ilmdan darakdir. Ular men kutganimdan ham kõra ilmliroq bõlsalar kerak deb õylab quvonib ketar,Allohga hamdlar aytardi.

Qur'on Birlashtirgan Qalblar   ✍Fahriya_YaqubМесто, где живут истории. Откройте их для себя