***
Usmon kecha tasodifan duch kelgan vaziyatni xotirlab yuziga tabassum yugurdi. Qandayin ham ajib holatga tushib qolishgandi. Nima qilarini bilmay kõzlarini yumib olgan õsha begona qizning naqadar kuchli hayo egasi ekani yaqqol kõrinib turardi. Hamma qizlar ham shunday hayoli bõlishganida edi, nur ustiga nur bõlardi. Hozir esa aksincha begona qiz va yigit tasodifan uchrashib qolishsa õzlarini bosolmaydilar. Axir biz kimning ummatimiz. Biz uchun eng avvalo hayo va xusni- xulq emasmi?! Bizning payĝambarimiz «siz ulkan xulq egasidirsiz» deya sifatlangan emasmidilar. Bularni õylarkan «Allohim meni ham xulqli insonlardan qilgin, õz dargohingdan uzoqlashtirmagin» deb duolar qilardi.
Usmon qattiq yõtalar,holsizlanar edi. Shuning uchun masjiddan ertaroq ketishga majbur bõldi
«Uyga borib dam olsam hammasi õtib ketadi» deb uyiga bordi. Onasi Usmonning rangi-rõyini kõrib qõrqib ketdi. Darrov uning yoniga kelib peshonasidan ushladi. Lovullab yonayotgan peshonasiga muzdek rõmolcha qõydi:
—Jon bolam-a,nima bõldi senga,nega ahvoling yomon dedi vahima bilan. Usmon yana yõtalib, past ovozda:
—Vahima qilmang ona,dori ichib ozgina dam olsam kõrmagandek bõlib ketaman, dedi. Usmonning onasi õĝlining bu holidan xavotir olib tez yordam chaqirdi. Ular Usmonni zudlik bilan shifoxonaga olib ketishdi. Shifokorlar Usmonni tekshirib, shamollashi õpkasiga kuchli ta'sir kõrsatganini,qõllaridan kelgan barcha muolajalarni qilishlarini, agar foydasi bõlmasa õlishi ham mumkinligini aytishdi. Usmon bir ikki kun palatada davolangach, ahvoli oĝirlashib jonlantirish bõlimiga olindi. Xushsiz yotarkan olamlar ichida olam kezib yurardi tushida. Butun umri tush bõlib, gavdalanar edi. Tushida õzining kelajagini õlimini kõrar edi. Tushida u juda keksaygan bir mõysafid qiyofasida shaharlarni, kõchalarni aylanib yurar edi. Bu belgilar unga õlimni emas, hayotni baĝishlayotgandek edi.
***
Bilol juma namozida ham,masjidda ham Usmonning kõrinmay qolganidan tashvishlanib Usmonning õrniga kelib, masjiddan xabar olayotgan Anasning yoniga keldi va:
—Assalomu aleykum, kechirasiz dedi.
Anas:
—Va aleykum assalom nima xizmat deb sõradi Biloldan. Bilol zõrĝa oĝiz juftlab:
—Nega imom Usmon kõrinmayaptilar, yoki boshqa joyga ketdilarmi?! dedi. Anasning kõzlari yoshlanib:
—Usmon xasta bõlib qoldi, bor umidimiz Allohdan duo qilib turinglar tuzalib ketsin dedi barmoqlari bilan kõzidagi yoshni artdi. Bilol ham yiĝlamsirab:
—Nima bõldi õzi, yaxshimilar deya oldi xolos.
Anas:
—Bilmaymiz, shifokorlar umidimiz yõq deyishganiga duodan õzga choramiz ham yõq. Alloh hamma narsaga qodirdir, bizning qõlimizdan duo qilish keladi, faqat duo deb javob berdi.
Bilol birinchi marotaba qalbiga Allohning kalomiga bõlgan muhabbat uruĝlarini sochgan insonni yõqotib qõyishdan qõrqardi. Uyiga borib tinmay duo qilar, shifo topishini sõrab Alloh taologa yolvorar edi.

ВЫ ЧИТАЕТЕ
Qur'on Birlashtirgan Qalblar ✍Fahriya_Yaqub
Roman d'amourOisha onamiz (roziyallohu anxo) aytadilar: "Ayollarning yaxshisi ansoriya ayollardir. Dinni teran o'rganmoqlari uchun ularga xayolari monelik qilmaydi" P.S. Автор: ✍Fahriya_Yaqub