Sakiyna õzini chalĝitish ĝamlarini unutish uchun kitoblar õqir, Qur'on tafsiri va hadis bilan shuĝullanardi. Zaynabni bir qõliga olib hadis kitobini olib õqir, Zaynab ham shu yerda injiqlanib yiĝlamas edi. Hadis kitobini õqirkan, kõzi bir hadisga tushdi va õqiy boshladi:
Jabroil a.s. kelib menga shunday dedilar: « Xohlaganingcha yasha, baribir õlguvchidirsan. Xohlagan kishingni sev, baribir undan ayrilguvchidirsan. Xohlagan amallaringni qil, baribir õshanga yarasha jazo oluvchidirsan. Va bilginki, mõmin kishining sharafi kechalari bedorligi va izzati esa yetimlardan ta'ma qilmasligidir». Shu hadisni õqir ekan, «Xohlagan kishingni sev, baribir undan ayrilguvchidirsan» degan joyini tahlil qilardi.
—Allohim men sening qadaringga taslimman deb yiĝlab yubordi. Zaynab onasining yiĝlaganini sezib, oĝizlarini qimirlatib qõyardi. Sakiyna yoshlarini artdi, qizi uni bu holda kõrishini istamadi. Õyladi...
—Bir necha kun oldin yonimda õtirgan sevgilim hozir yõq. Alloh chevar zotda bekorga bu ishlar sodir bõlmayapti. Bejizga shu hadisni menga õqishni vasila qilmadi Alloh. Men sevgim va iymonim bilan sinalyapman. Allohim bu yõlda iymonimni baquvvat qil, isyon qilib gunohkor bõlishdan senga siĝinaman dedi va hadis kitobini yopib, Qur'onni lavhning ustiga qõydi. Zaynabni olib Qur'on õqidi. Yusuf a.s. va Yunus a.s. larning duolarini õqirdi. Allohdan musibatlarni aritishini sõrab duo qilardi. Jajji Zaynab ham Qur'onni juda yaxshi kõrar, onasi tõxtab dam olsa õqimagunicha ĝinshib yiĝlardi. Qur'onga muhabbatlari buyuk bõlgan ikki qalbdan hosil bõlgan meva samarasi edi. Qur'on õqirkan, Oliy Imron surasining « Hasbunallohu va ni'mal vakil» ya'ni «Bizga Allohning õzi kifoya. U vakillikka õta loyiqdir!» degan oyatiga kelganida :
—Allohim menga õzing yetarlisan, dedi. Yana õqishda davom etdi. Agar barcha banda «Hasbunallohu va ni'mal vakil»deb aytib yursalar ularga yomonlik yetmaydi, Allohning ne'matiga erishadilar.
Sakiynani kõrgani Xosiyat va Sumayya keldilar, suhbat, bolalar bilan bõlsak siqilib yurmaydi, ovunadi degan maqsadda kelgandilar. Salomlashib, bolalarni uxlatib bõlgach Sumayya:
—Hazrat aytayotganlarida eshitib qoldim, Usmonni qamalishiga bir ayol sababchi ekan dedi. Sakiyna unga õgirildi va javob bermoqchi edi hamki Xaliyma honim kirib qolib gapni bõldi.
***
Xaliyma honim Zaynabni olib, ular õtirgan xonadan chiqib ketdi. Sumayyaning savolidan Sakiynaning ustiga sovuq suv quyilgandan bõldi. Sumayyaga õgirilib:
—Nima bõlgan bõlsa hammasi Allohdan. U ayol shunchaki sababchi dedi. Sumayya uning kõnglini oĝritib qõyganini sezdi va:
—Kõnglingizga olmang, kimligini bilgim kelgandi dedi. Xosiyat ham gaplariga qõshildi:
—Kim ekan õsha qiz õzi?! Oilali erkakni qamatadigan?! dedi.
Sakiyna:
—Men ham bilmayman u qizni kimligini, oyijonni aytishlari bõyicha Hikmatboy degan odamni qizi ekan. Tõydan oldin rosa bularga tegmoqchi bõlgan ekan. Menga uylanganlarini eshitib, tarki dunyo qilib qasam ichibdi, qizimiz dunyoga kelgan kuni chidolmay õzini osibdi. Otasi qizining ahmoqligi tufayli erimni qamatdi dedi.
Xosiyat:
—Hikmatboyning qizi degin. Qizlik uyimda u bilan bir mahallada turardik. U qizni kõrganman, Usmonga umuman tõĝri kelmasdi. Õzini rosa ilmli, taqvodor kõrsatayotganga õxshardi. Yana hammamizning qilgan amalimiz Allohga ayon. Lekin u qiz kõpincha riyo uchun amal qilganga õxshab tuyulardi dedi. Va yana:
—Sen umuman siqilma hõpmi, u haqida õylama kelishdikmi?! U Allohdan, oxiratidagi holidan qõrqsin. Hofizi Qur'on, ilmli bir odamga tuhmat qilishdan qõrqmapti-mi, demak Alloh unga qahr qilgani shu dedi.
Sakiyna:
—Men-ku bardosh berishim mumkin. Lekin bechora qaynonam, qaynisinglim, hali ota mehriga tõymagan qizimni kõrsam tamom bõlib qolaman. Qaynonam ham siqilganini bildirmaslikka harakat qilyaptilar, barbir onada yiĝlamayapman deb yiĝlayveradilar. Qon bosimlari oshib ketadi. Ularga ham bir narsa bõlmasin deb qõrqaman dedi.
Xosiyat:
—Ilohim, boshingizga nimani solgan bõlsalar, Alloh ularga bundan yuz barobarini bersin dedi.
Sumayya:
—Amiyn amiyn aytganing kelsin deb ma'qullab qõydi.
Sakiyna:
—Allohning õz hisob-kitobi bor, Allohni unutganlari bilan, Alloh ularni unutarmidi?! deb gapini tugatdi.
****
Usmon Qur'on õqib õtirar, xonasining eshigi ochilib , bir kishi uni tergovga olib ketdi. Yana õsha qoronĝu bitta lampadan iborat xona, yarim soatdan sõng, yigirma besh, õttiz yoshlar chamasidagi oq-sariq bir odam kirib keldi. Usmonning qarshisidagi stolni surib õtirdi:
—Qaleysan endi. Hikmatboydan senga salom keltirdim dedi.
Usmon kinoyali kulib:
—Va aleykum dedi.
Kishi:
—Gapni qisqa qilaman. Xõsh, bu yerdan qutilishing, oilang, bolangni yoniga qaytishing mumkin. Senga qõyilgan ayblovlarning barchasi olib tashlanadi, oqlanasan, yana avvalgidek yashayverasan, faqat Hikmatboyning aytganlarini qilasan dedi.
Usmon:
— Nima xohlayapti mendan?!dedi.
Kishi:
—Bu yerdan chiqasan, seni oqlaydi. Va evaziga xotining bilan ajrashasan, Hikmatboyning kuyovi bõlasan. Hech kim senga jinoyatchidek qaramaydi. Bolangdan xabar olib turasan dedi.
Usmon:
—Agar rozi bõlmasam nima qilasan?!dedi.
Kishi:
—Rozi bõlasan, bundan boshqa chorang ham yõq. Bõlmasa umring qamoqda õtadi. Õzingni ham meni ham qiynama, rozi bõl vassalom dedi.
Usmon:
—Shundoq ham qamoqda õtiribman, nima shundan qõrqadi deb õylayapsanmi?! dedi.
Kishi:
—Endi õzingdan kõr. Shunday qilamizki, sen ishongan dõstlaring, qarindoshlaring, onang sendan voz kechishadi. Sevgan ayoling bilan yuz kõrmas bõlib ketasan. Bolang ham seni emas, begonani «ota» deb ulĝayadi. Seni eslamaydi ham dedi.
Usmon:
—Alloh podshoh, bilganingni qil dedi. Usmonni xonasiga olib ketishdi. Kõngli ĝash bõlib qolgandi qõlini duoga ochib:« Allohim õzing sabr ber. Faqat sening aytganing bõlur, makr-tuhmat qiluvchilarga õzing kifoya qil. Aslo ular aytgandan bõlmaydi, sening qudrating ularning xiylalaridan ustundir. Robbim ular aytgandek bõlmasin, va bõlmagay. Õzing meni mendan yaxshi bilursan. Duolarimni qabul et, va roziligingga muyassar qil» deya takror õtinardi.
—Ayoling bilan yuz kõrmas bõlib ketasan, bolangga begona bõlasan degan sõzlari xayolidan chiqmasdi. Va Allohdan: «Ularning makr xiylalaridan ahlimni omon saqla »deb duo qilardi.

ВЫ ЧИТАЕТЕ
Qur'on Birlashtirgan Qalblar ✍Fahriya_Yaqub
RomanceOisha onamiz (roziyallohu anxo) aytadilar: "Ayollarning yaxshisi ansoriya ayollardir. Dinni teran o'rganmoqlari uchun ularga xayolari monelik qilmaydi" P.S. Автор: ✍Fahriya_Yaqub