Fotima ikkalasi kelishib pastga Xaliyma va bolalarning oldiga tushib ketdilar. Xaliyma honimga esa hech narsani aytmadilar, bildirmadilar. Bolalar bilan vaqt qanday õtib ketganini sezmay qoldilar. Bolalarni uxlatib, uchovlari õzaro dardlashib õtirardilar. Fotima piyolasidagi choyni ichib yutungach:
— Dab-durustdan uyga bostirib kirishsa, akamni olib ketishsa-ya, xuddi tushga õxshaydi. Qõrqinch bir tush, deb kõzlariga yosh oldi.
Xaliyma ham:
—Biz ham hayronmiz. Bolamning õsha kungi holatini eslasam ezilib ketaman. Jinoyatchidek qõllariga kishan taqdilar. Olib ketdilar baĝrimdan. Umrimda undan bunchalik uzoq muddat yiroqda bõlmaganman. Madinaga ketganda ham hech bõlmasa telefondan ovozini eshitardim. Uch kun men uchun uch asrday tuyulyapti. Alloh baxtingizga meni soĝ-salomat qilsin dedi. Fotima onasining hiqqillab yiĝlayoltganini kõrib:
— Ona nega yiĝlaysiz Alloh xohlasa hammasi yaxshi bõladi. Akam tez orada chiqadilar, avvalgidek bõladi hammasi dedi.
Xaliyma:
—Õn besh kun-ku amallab sabr qilarman. Oylarga ulanib ketmasin ilohim, yana kõrmasam bilmayman õlib qolaman deb yiĝladi.
Fotima:
—Oilamiz boshiga shu kunlarni solganlarga Alloh kifoya qilsin, bizga nima qilgan bõlsalar bundan battari yõliqsin ularga yiĝlamang dedi. Sakiyna ham kõzlaridagi yoshni tõxtatib, sabrli va kuchli bõlishga harakat qildi. Ammo kõzlari yoshga tõlgach indamay hammomga kirdi, jõmrakni katta qilib ochdi, ovozini chiqarmay, yuziga goh suv sepib soatlarcha yiĝladi. Soatlarcha...
—Allohim yordam ber, sabr ber deya yiĝlardi. Yoriga vada bergan edi, kuchli, sabrli, matonatli bõlishga. Onasini qizini unga omonat qilingan, har qanday holatda ham metin irodali bõlishi, kõzlaridan yosh oqqizmasligi kerak. Qõlidan kelarmikan. Ojiza emasmi?! Ishongan, yelkasiga boshini qõyadigan yori undan yiroqda-ku. Sakiynaga hamma dardini aytardi. U chi kuchli bõlishga majbur. Dardini faqat joynamozi yonida, sajdada Allohga bayon qilardi. Ba'zan shayton vasvasa qilar, keyin esa kõngliga turli gumonlarni solardi. Bir kun kuchli yomĝir yoĝdi. Derazadan yomĝirni kuzatib turarkan, õtmishdagi Sakiynaning gaplari yodiga tushib ketdi, kulimsiradi va ichida:
—«Qachon men ham odamga õxshab yashar ekanman» derding-a Sakiyna, uyingning teshik tomidan qutulishni istarding. Alloh senga õshanda qasrlarning bekasi bõlishingni yozganini bilmasding. Eh mening nolib charchamagan Sakiynam, Qur'onni yodlolmadim deb oh chekkan paytingda Alloh sening qadaringga HofiziQur'on, va qoriyalik saodatini bitganini hatto xayolingga keltirmading. Seni jannat kaliti bilan mukofotlantirgan qiz ne'mati kimlar uchun armon ekanini anglamay, Robbingga hamd aytmay turib, boshingga musibat tushsa nima uchun? deya isyon qilmadingmi?!. Sakiynam Alloh senga bergan shuncha ne'matlar oldida bu musibat nima bõlibdi, pashshachalik qiymati yõq-ku. Sen sabr qil Sakiynam Alloh biz bilandir dedi. Sabr va ixlos bilan õzini matonatli tutar, xatmi Qur'on qilar, duo qilib, tinmay sadaqa berardi.
Allohning mukofoti ham, sinovi ham xushdir. Alloh yõlida qulligimizni ado etish nasib aylasin.
Usmon qamoqxonada õtirar ekan ozodlik qanday uluĝ ne'matligini his qilardi. Avvalari bu haqida õylab kõrmagan, bunday savdolar boshiga tushgandan sõng, inson naqadar noshukr ekanligini bilgandi. Panjara ortida õtirganiga uch kun bõlgan bõlsa faqat erkin nafas olib nafas chiqarishdagina yonida odam turmas qorovullik qilmas edi. Istagan payti hatto xaloga chiqishga, ibodati uchun tahorat olishga imkoni yõq edi. Qattiq va birgina tõshakdan iborat bõlgan kravatida sovuqdan ustiga choyshabini yopib õtirar edi. Eshigi ochilib, oilasi tomonidan yuborilgan kiyimlar topshirildi. Kiyimlarni kiydi, qish yaqinlashgani sayin qamoqxona sovub ketgandi. Ozgina isigandek bõlgach, kiyimlar orasidan jannati bõlgan Zaynabning kichkina oppoq paypoĝiga kõzi tushdi. Uni olib hidladi:
—Qizaloĝim jannatim mening deb kõzlari yoshlandi. Zaynab tuĝilmasdan oldin u uchun birinchi olgan buyumi edi. Naqadar, jajji va yoqimtoy. Qalbiga ilk bor ota degan tuyĝuni solgan jajji paypoq.
—Qiziq yana qancha qamoqda õtirarkanman. Zaynabning shirin davrlarini kõra olamanmi, ilk qadam tashlagan paytlarida yonida turolamanmi?! deb õyladi. Mahmud uning xomush chehrasiga qarab turib:
—Nima bõldi senga shahzoda, nechun xomushsan. Yoki uydagilaringni soĝidingmi?! dedi.
Usmon:
—Ha soĝindim, duogõy onamni, singlimni, ayolimni va hali meni tanib ulgurmagan bolamni dedi.
Mahmud ham mahzun bõlib:
— Bolang qizmi,õĝilmi?! dedi.
Usmon :
— Qizaloq deb javob berdi.
Mahmud:
—Bola tarbiyasida otaning õrni beqiyos. Nechi yosh bõldi dedi.
Usmon:
—Tuĝilganiga bir haftayu uch kun bõldi dedi.
Mahmud:
—Hali juda kichik ekan deb xõrsindi.
Usmon:
—Ha juda deb u ham xõrsindi.
Mahmud:
—Ota bõlish qanday baxt shunday emasmi?! deb qoldi.
Usmon:
—Albatta ayniqsa qizning otasi bõlish undanda ulkan baxt dedi. Va Mahmudga:
—Oila qurmaganmisan dedi.
Mahmud kinoyali kulib qõydi:
—Mendeylarga oila uvol dedi.
Usmon:
—Bu nima deganing, sen ham baxtli bõlishga haqlisan dedi.
Mahmud yana kulib:
—Xohlasang senga sevgim tarixini aytib beraman. Keyin mendan nafratlanib qolasan dedi.
Usmon:
—Aytchi balki birgalikda yechim toparmiz dedi.
Mahmud õtmishini sõzlar ekan, afsus chekayotganlari bilinardi:
—Yigirma uch yoshga kirgan, kuchaygan paytlarim edi. Pul, fahsh fasodda gullagan davrim. Ayollar ham atrofimda kõpaya boshlagan, men esa nafsim yõlida ulardan foydalanar edim. Yosh qizlarni boshini aylantirib, õqiydigan joylariga borib, chin oshiq rolini ijro etar, sodda qizlar laqqa tuzoĝimga tushardi. Bir kuni shunday kunlarning birida bir qizni uchratib qoldim, boshqa qizlarga õxshamasdi,uzun yopiq kiyinar, hijob õragan edi. Xudo haqqi bu qizni ham boshini aylantiraman deb qasam ichdim.Har kuni uni kõrgani borar, sovĝalar olardim. U hatto kõzlarimga tik boqmas, olgan sovĝalarimni qabul etmasdi. Bir kun õylagan rejam amalga oshmagani uchun u qizning yõlini tõsdim va nega bunday qilayotganini sõradim. Uni boshini aylantiraman deb õzim uni yaxshi kõrib qolgandim. Xudo haqqi sevardim. Ammo u zino qilolmasligini,Allohdan qõrqishini aytdi. Qizning oilasini surishtirdim.Otasi õlgan, onasi erga tegib ketgan, õzi esa toĝasining uyida siĝindi bõlib yasharkan. Qizga sovchi qõyganimda darrov rozilik berib, fotiha,qilishdi. U bilan uyida uchrashdim. U:
—Sizga turmushga chiqishga roziman, faqat tõyda ichkilik qõymaysiz,aralash tõy bõlmaydi, qimor õynashni, qimorxonani yopasiz, tõydan keyin ichishni, chekishni tashlaysiz, namoz õqiysiz deb shart qõydi. Men rozi bõldim. Aytganidek qildim, degandan sõng bir past sukut saqladi.
Sukutdan sõng yana davom etdi. Qimorni, ichishni tashladim. Biroq namozga borolmasdim, shayton yõl qõymasdi. Uning: «Hech bõlmasa juma namoziga borib turing »degan sõzlaridan sõng, juma namoziga qatnar, u yerdagilar nima qilishsa shuni takrorlardim. U shunga ham xursand bõlar, xidoyatimni sõrab duo qilardi. Oradan besh yil õtdi. Farzandimiz yõq edi, bormagan joyimiz qolmadi. Shifokorlar hech qanday kasallik yõqligini aytar, lekin nega farzand kõra olmayotganimizga tushunmasdilar. Uni sevardim, ammo farzand tuĝib bermaganiga uni aybdor deb bilar, jahl qilar, keyin uzr sõrab yurardim. Bir kuni kõchadagi bir oshnam«Xotining tuĝmas ekan. Kimsan Mahmud befarzand õtib ketar ekanda» deb ustimdan mazax qilib kuldi. Õsha kuni oyoqda tura olmaydigan darajada mast bõlib uyga bordim. Shaytonim kuchayib ketib, meni kõrib yonimga kelgan ayolimning:«Nega aroq ichdingiz, axir vada bergan edingiz-ku»degan gapini kõtara olmay unga qõl kõtardim. Muvozanatini yõqotib yerga yiqilib, xushidan ketdi. Kayfim tarqab, uni turtdim, uyĝonmadi. Shifoxonaga olib bordim. Bir soatdan sõng, shifokor:
—Xotiningiz ikki oylik homilador ekan. Ammo kuchli zarba tufayli bolasidan ayrildi. Biz qõlimizdan kelganini qildik dedi. Õzimni qotildek his qildim. Devorga boshimni urar, õzimga kelolmasdim. Ayolimning yoniga kirdim. Uzr sõradim...
U men bilan ajrashishini, ortiq men bilan yasholmasligini aytdi. Oyoĝlariga yiqilib:
—Iltimos unday qilma, men sensiz yasholmayman dedim.
U esa:
—Men Allohdan qõrqmaydigan, haromdan tiyilmaydigan odam bilan yashay olmayman dedi. Tuzalgach ajrashdik. Men eski holimdan besh battar ahvolga tushdim. Qimorsiz, aroqsiz tura olmaydigan bõlib qoldim. Õz bolamni aroq sababli õldirganim yetmagandek, õzimni ham õldirdim. Oradan Bir necha yil õtgandan sõng kõchada ayolimni qõlida bola va baxtiyor chehra bilan kõrib qoldim. U meni tanimagandek õtib ketdi. Bu holatdan siqilib, botqoqlikka chõkib ketdim. Õsha kuni jahlimni tiyib, haromni ichmaganimda bularning bari meniki bõlgan bõlarmidi?! Meni Alloh kechirmasa kerak deb sõzlarini tamomladi.
![](https://img.wattpad.com/cover/285952538-288-k264765.jpg)
ВЫ ЧИТАЕТЕ
Qur'on Birlashtirgan Qalblar ✍Fahriya_Yaqub
RomanceOisha onamiz (roziyallohu anxo) aytadilar: "Ayollarning yaxshisi ansoriya ayollardir. Dinni teran o'rganmoqlari uchun ularga xayolari monelik qilmaydi" P.S. Автор: ✍Fahriya_Yaqub