***
Ramazon oyining sõnggi jumasi ham kirib kelishiga bir kun qolgandi. Usmon xutbaga tayyorlanardi. Usmonning onasi yarim kechagacha uxlamaganidan xavotir olib Usmonning eshigini taqillatdi. Usmon eshik tomonga qayrildi.
Usmon:
—Kiravering, ona deb ruxsat berdi. Onasi Usmonning xonasiga kirib, uning charchab qizarib ketgan kõzlarini kõrib:
—Bolam, ozgina dam ol, keyinroq tayyorlanarsan, bunaqada õzingni kasal qilib qõyasan,– dedi kuyunib.
Usmon:
— Men uchun qayĝurishingizni bilaman. Ammo yelkamdagi vazifani ado etishim kerak. Bu yõl õylaganimdan kõra qiyinroq ekan. Olgan ilmimni Allohning rizosi uchun sarflashni bilmas ekanman ona. Shu kungacha otam va sizdan kõp narsani õrgandim. Endi bularning barchasini õrgatmoĝim kerak. Qancha charchamay, yiqilmay islom ummati uchun kuchli bõlishim shart. Bilasizmi bu ishlar boshimga tushmasdan oldin, hammani õzimga qiyoslagan ekanman. Islom ummati tobora zaiflashayotganini endi sezibman. Alloh va uning hukmlariga insonlar itoatsiz ekanini kõrib ezilaman ona. Nahotki odamlar kufr va shirk botqoĝiga botyotganlarini sezmasa. Ular uchun pashsha qanotichalik arzimas dunyo ortidan yugurayotganlari, oxiratni õtkinchi mol-dunyoga almashtirayotgalari qiziq emasdek. Har yerda fahsh, ĝiybat, gunoh. Ba'zida Alloh qahr qilib Nuh va Samud qavmlariga kelgan balolarni yuborsa-chi deb õylab qolaman.
Eng yomoni bilasizmi nima?!–dedi Usmon. Odamlarga nahiy–munkar qilmaslik, ularni Alloh yõliga bila turib da'vat etmaslikdir. Ilmini õzgalarga õrgatmagan olimning qiyomatdagi jazosi qanchalar oĝir ekani. Shularni õylasam «qaniydi onam meni tuĝmaganida » deb qolaman –dedi Usmon.
Onasi:
—Oh bolam-a, Alloh mushkulingni yengil qilsin, ilohim olgan ilmingni Alloh yõlida tarqatishingni nasib qilsin –deb Usmonning boshini siladi. Usmon ancha yengil tortib:
—Amiyn, aytganingiz kelsin –deb onasining qõllarini õpdi.
Onasi:
—Õĝlim balki senga bu yõlda yordamchi bõladigan bir umr yõldoshi kerakdir-dedi. Usmon onasi uning yoniga nima maqsadda kelganini tushundi va:
—Albatta umr yõldosh kerak, biroq men hali tayyor emasman deb qõrqaman. Bu yil bizga sinovli bõldi, otamdan ayrildik, bundan tashqari masjiddagi ishlar chigal,u yerdagi odamlar menga , men ularga õrganishimizga biroz vaqt ketadi. Masjid ham ancha tamir talab ahvolga kelgan. Keyin õzimga mos qiz hali topilganicha yõq,–deb javob berdi.
Onasi:
—Ustozlaringni ham bõyi yetgan qizlari bor ekan. Hech bõlmasa bittasi bilan uchrashib kõrasanmi?!–dedi.
Usmon:
— Onajonim bu yil «uylanish » mavzusini ochmay turaylik, ishlarim maromiga tushib olsin, inshaAlloh keyingi yil Alloh nasib qilsa siz tanlagan qizga uylanaman–dedi onasiga qarab. Onasi ham bu mavzuni yopishga qaror qildi. Õĝlining ishlarida xayr sõrab, uluĝ mavloga duolar qildi
*
Juma kuni ham keldi. Masjidda odamlar har galgidanda kõproq edi. Juma namozi õqildi. Usmon xutba qilish uchun minbarga chiqdi.
«Assalamu aleykum va rohmatullohi va barokatu. Muhtaram jamoat Ramazon oyini oylarning sultoni qilgan, va bu oyda Qur'onni nozil qilgan Allohga munosib hamdlar bõlsin. Bu oyda shaytonlar kishanlanadi, Allohning rahmat eshiklari ochiladi. Bu oyni Alloh taolo buyurgani kabi õtkazdikmi?!.
Ba'zi birodarlarimiz faqat Ramazon oyida masjidlarga serqatnov bõlib qolishadi,faqat Ramazonda oĝizlarini, kõzlarini xaromdan saqlaydilar xolos. Undan keyinchi, yana eski holat, chekish, namozlarni tark qilish, ahliga beparvolik qilish, ma'ishat qilish va hokazo. Bunday yashashdan ne naf, musulmondek tõkis solih amal qilmaydilar-u, lekin musulmondek dafn qilinishni, jannatga kirishni u xohlaydilar. Alloh uning õzigagina ibodat qilishi uchun bizlarni yaratdi. Ammo hozir bizning barcha ibodatimiz dunyo bõlib qolgan. Ayollarimizni ham,õzimizni ham, bolalarimizni ham bu dunyo õz domiga tortmoqda. Hatto, muborak bu oyda ham ĝiybatga, fahshga, gunoh- masiyatlarga kõzimiz tushib qolyapti. Biz borgan sari dindan, ilmdan, Allohdan uzoqlashib bormoqdamiz. Qizlarimizda hayo, yigitlarimizda ĝurur kamayib ketgan. Rasululloh s.a.v. hayo haqda nima deganlarini bilasizmi?» deb jamoatga yuzlandi Usmon.
![](https://img.wattpad.com/cover/285952538-288-k264765.jpg)
ВЫ ЧИТАЕТЕ
Qur'on Birlashtirgan Qalblar ✍Fahriya_Yaqub
RomanceOisha onamiz (roziyallohu anxo) aytadilar: "Ayollarning yaxshisi ansoriya ayollardir. Dinni teran o'rganmoqlari uchun ularga xayolari monelik qilmaydi" P.S. Автор: ✍Fahriya_Yaqub