***
Usmon Bilolning uyida yegan huzurbaxsh taom bilan qalbi ham huzur topdi. Uning kuchi bilan nafl namozlarida bomdodga qadar qoim turdi.
Ramazon oyi ham tugab bormoqda edi. Ramazon kelib, shaytonlar kishanlansa ham yomonliklar davom etaveradi deganlaridek, Usmon imomlik qilayotgan masjidiga tegishli bõlgan ehson qutisidagi pullarni kimdir õĝirlab ketgan. Sakiynaning otasi ham vaqtincha ta'til olib ketganligi sabab, õrniga yangi qoravul kelgan, u esa õz ishiga mas'uliyat bilan yondashmaganligi uchun masjidga kelgan namozxonlarning puli yõqolib qolardi. Usmon asabiylashar, ĝazab qilar va: "otam imomlik qilgan paytlarda masjiddan hatto bir juft poyabzal yõqolmagandi" deb siqilardi. Oxiratda otasining omonatini saqlay olmaganligi uchun dõzaxga itarilishini õylab õzini ayblardi. Usmon: "Alloh õzing yordam ber, taĝin gunohkor bõlib qolmay deya " iltijo qilardi. Va masjidning devorlariga quyidagi sõzlar yozilgan e'lonni ilishlarini buyurdi: "Kimning nimaga ehtiyoji bõlsa qondiramiz. Pul kerak bõlsa pul beramiz. Hatto u õĝiri bõlsa ham, xohlaganini aytsin Alloh rizosi uchun bajaramiz. Kimga boshpana kerak, bõlsa uy ham topib beramiz. Faqat, Ramazon oyida vaqtincha bõlsa ham gunohlardan tiyilsalar bas " deb yozilgan edi.
ВЫ ЧИТАЕТЕ
Qur'on Birlashtirgan Qalblar ✍Fahriya_Yaqub
عاطفيةOisha onamiz (roziyallohu anxo) aytadilar: "Ayollarning yaxshisi ansoriya ayollardir. Dinni teran o'rganmoqlari uchun ularga xayolari monelik qilmaydi" P.S. Автор: ✍Fahriya_Yaqub