***
Usmon bilan Sakiyna kutgan kunlar yaqinlashib kelayotgan, ular kichkina mehmonlarining kelishiga tayyorgarlik kõrayotgan edilar. Usmon va onasi Sakiynani tuĝruqxonaga olib kelishgan, javobni kutib õtirishardi. Ikki soatdan beri Usmon Sakiynadan biror xabar yõqligidan ich -etini yerdi, u yoqdan bu yoqqa yurar, tiliga kelgan duoni qaytarar edi. Xayolidan Sakiynaning shahidlik haqidagi sõzlari ketmasdi.
—Shahid bõlgan bõlsa-chi?! Yõq meni tashlab ketolmaydi. Ya Alloh uni panohingda asra, menga nima bõlsa bõlsin unga hech narsa qilmasin deb duolar qilardi. Ichkaridan shifokor ayol yuzida tabassum bilan chiqib kelar, Usmonning yuragi tez ura boshladi.
Shifokor:
— Tabriklayman, soĝlom qizaloq dunyoga keldi dedi Usmon va onasiga. Xaliyma honim qõllarini duoga ochib Allohga hamdlar aytardi. Usmon -chi?! Õzi intiqib kutgan farzandining dunyoga kelganini tushunarmidi?! U bu tuyĝuni tushunmasdi. Uning xayoli Sakiynada edi. Zõrĝa:
—Ayolim yaxshimi?!deya oldi. Shifokorning javobini kutar, miyyasi tõxtab qolgandi.
Shifokor:
—Ona ham bola ham yaxshi degan sõzni eshitgandan sõng gumonlari tarqadi. Alloh duolarini qabul etganidan xursand edi. Ayoli va qizining yoniga kirishga zõrĝa ruxsat oldi. Ayolining nur taratgan yuzi ona bõlganidan sõng, yanada chiroy ochgan edi.
Qizini Usmonning qõliga tutqazar ekan, Usmonning qalbida ajib bir his bor edi:
—Bu mening avlodim. Bu mening bir bõlagim deya uni õpib hidladi. Va quloĝiga azon-iqomat aytib :
—Sen Zaynabsan, mening Zaynabim dedi. Sakiyna quvonch yoshlarini tõxtatishga hokim bõla olmadi. Qizining peshonasini silab:
—Bizning Zaynabimiz deya tabassum qildi Usmonga. Xush kelibsan ey Zaynab, xush kelibsan!!!

ВЫ ЧИТАЕТЕ
Qur'on Birlashtirgan Qalblar ✍Fahriya_Yaqub
Storie d'amoreOisha onamiz (roziyallohu anxo) aytadilar: "Ayollarning yaxshisi ansoriya ayollardir. Dinni teran o'rganmoqlari uchun ularga xayolari monelik qilmaydi" P.S. Автор: ✍Fahriya_Yaqub