Kecha yoĝgan kuchli yomĝir tufayli tomlaridan oqqan suvlarni hovliga qarab supurib, peshonasidagi terlarni bilagi bilan artgancha, polga oqqan suvlarni latta bilan artib holdan toygancha ayvonda õtirgan Sakiyna ichida nimalardir deb pichirlardi.
"Qachon men ham odamga õxshab yashar ekanman-a" der edi. Yoshi endigina õn sakkizga tõlgan bu qizning "odamga õxshab yashar ekanman-a" deyishi biroz ğalati edi. Qizining xorĝin õtirganini kõrgan onasi uning yoniga kelib:
-Ishlaringni qilib bõldingmi?
Sakiyna:
-Ha, bõldim. Bilol tuproq olib kelsa tomga sepib qõysam bõlgani, dedi.
Onasi:
-Tomga õzim qarayman, sen masjidga borib otangga qarashib yubor, kecha yomĝir va kuchli shamolda masjid hovlisi tõzib ketibdi.
Sakiyna:
-Hõp, yana biror yumush bormi?
-Ha yõlda ukangni kõrsang uni ham õzing bilan olib ket dedi.
Sakiyna onasi aytgandek masjid tomon ravona bõldi. Kõchada ketayotib, õylardi:
Ishdan qochib ishga tutildim der edi achchiq ustida.***

ВЫ ЧИТАЕТЕ
Qur'on Birlashtirgan Qalblar ✍Fahriya_Yaqub
RomansaOisha onamiz (roziyallohu anxo) aytadilar: "Ayollarning yaxshisi ansoriya ayollardir. Dinni teran o'rganmoqlari uchun ularga xayolari monelik qilmaydi" P.S. Автор: ✍Fahriya_Yaqub